TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
«Qonundagi o'g'ri» Sergey Asatryan Donbassdagi jinoyat olamiga yetakchilik qiladi…
Jinoyatchi, o'g'ri, kallakesarlar orasida «Osetrina Mladshiy» laqabi bilan mashhur o'g'riboshi Sergey Asatryan Donbassdagi jinoyat olamiga yetakchilik qilishi kutilmoqda.
Aytishlaricha, Asatryan ilgari «qonundagi o'g'ri» titulidan raqobatchilarning sa'y-harakatlari bilan mahrum bo'lgandi. Ammo keyinchalik titulni tiklashga erishdi. Bu voqea Saratov viloyatidagi Balashov shahar turmasida yuz bergan. Asatryanga titulini qaytarishda 2008 yili «qonundagi o'g'ri» Oleg Suxachev («Suxach») yordam bergan. Haqiqat shundan iboratki, Asatryan Balashov turmasiga tushganda, Suxach uni «qonundagi o'g'ri» sifatida tan olmadi. Biroq vaqt o'tishi bilan Suxach pozitsiyasini o'zgartirdi. U nafaqat titulini qaytardi, balki turmadagi barcha avtoritetlarga ham bu haqda xabar tarqattirdi. O'shandan beri Asatryan Rossiya jinoyat olamidagi ko'zga ko'ringan avtoritetlardan biriga aylandi. Endi yaqin orada otasi Eduard Asatryan bilan birga Saratov, Rostov viloyatlari va Donbassdagi jinoyat dunyosi ustidan hukmronlik qiladi. Buni hozircha Rossiyadagi barcha o'g'riboshi va kallakesar avtoritetlar ma'qullab turishibdi.