Yaqinda Moskva okrug sudi «Emeli to'dasi» deb nomlangan uyushgan jinoiy guruhning yetti a'zosiga nisbatan hukm e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, bu jinoiy guruhni «qonundagi o'g'ri» Nikolay Yemelyanov tuzgan va yetakchilik qilgan.
Guruh a'zolaridan Igor Galansev hamda Sergey Novgorodovlar bir umrga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, ular bir million rubldan miqdorda jarima ham to'lab qo'yishlari kerak bo'ladi.
Gennadiy Baranov degan jinoyatchi 21 yilga qamaldi. U 400 ming rubl jarima ham to'laydi. Petr Turlayev ham 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Igor Semenov 19 yilni bo'yniga ildi, 300 ming rubl jarima ham to'laydigan bo'ldi. Andrey Gurov, Oleg Tereshinlar 18 yildanga qamaldi. Biri 300, ikkinchisi 200 ming rubl miqdordagi jarimaga tortildi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, «Emeli to'dasi» uyushgan jinoiy guruh a'zolari ularga jiddiy xalal bergani uchun shu kunga qadar olti nafar «qonundagi o'g'ri»ning boshiga yetgan. Yana Bryansk, Smolensk, Kaluga viloyatlarida 60 dan ortiq odamning yostig'ini quritgan.
«Emelya» laqabi bilan jinoyat olamida mashhur bo'lgan Nikolay Yemelyanov anchadan beri qidirilmoqda. Uning qaerdaligini aytgan odamga Rossiya ichki ishlar vazirligi 1 million rubl mukofot e'lon qilgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|