TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
«Qonundagi o'g'ri»lardan biriga nisbatan yangi ish qo'zg'atildi…
Oleg Pirogov, jinoyat olamida «Sirkach» laqabi bilan mashhur o'g'riboshiga nisbatan yangi jinoiy ish qo'zg'atildi. U Rossiya jinoyat majmuasining bir nechta moddalari bilan ayblanmoqda.
Shu yil fevral oyida Sirkach tergovga tortilgan. Uni hamtovoqlari bilan birga Moskva yaqinidagi tadbirkorni otib o'ldirish bilan qo'rqitib jami 14 million rubl pulini tortib olganlikda ayblashgan. Ammo na tadbirkor, na banditlar to'dasi Sirkachga qarshi ko'rsatma berdi. Bir so'z bilan aytganda, Sirkach yana suvdan quruq chiqdi.
Oradan bir oy o'tgach, Sirkachni Moskvadagi gruzinlar restoranida qo'lga olmoqchi bo'lishdi. Ammo yana ulgurishmadi. Politsiyachilar ichkariga kirib ulgurmay, kimdir telefon orqali Sirkachni ogohlantiribdi. Restorandagilar o'g'riboshini oshxona derazasi orqali ko'chagacha kuzatib qo'yishdi.
May oyida Moskva viloyatida politsiyachilar aynan Sirkachga tegishli jinoiy guruh a'zolarini qo'lga tushirdi. Ular mahalliy aholi vakillaridan birini o'g'irlab qochib, undan katta miqdorda pul hamda yer maydonini undirishgan. Biroq ular ham Sirkachni ayblashdan bosh tortishdi.
Hozirgi paytda Sirkach Turkiyada berkingan. Rossiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari uni yaqin vaqtlar ichida qo'lga olishga umid bog'lashgan.