Quyida sizga qizlarga yoqadigan so'zlarni taqdim etamiz. Bu so'zlar u sizni yanada ko'proq sevishiga yordam beradi. Faqat ularning barchasini bir haftada aytib qo'ymang. Agar u sizdan doim bunday so'zlarni eshitishga o'rganib qolsa, keyin zahirangiz tugaganda ancha qiynalib qolasiz. Yaxshisi bir haftada bir martta bunday shirin so'zlardan ayting va u bu haqida bir oy davomida o'ylab yuradi.
1. Kecha tunda osmondagi yulduzlarni tomosha qildim va har birini seni sevishim sabablari bilan nomlab chiqdim. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, yulduzlar tugab qolgunicha...
2. Agar qo'lingda 11 ta gul bilan oynaga qarasang, sen unda dunyoning 12 go'zalligini ko'rasan.
3. Men seni kuzatib yurishi uchun farishtani jo'natgan edim. Ammo bir necha daqiqadan so'ng farishta qaytib keldi. Nega kelding desam, u aytdi: "Farishta boshqa farishtani kuzatmaydi"
4. Aytishlaricha suratlarda minglab so'zlar yashiringan bo'lar emish, lekin men sening suratingda faqat uch ta so'zni ko'raman: Men... Seni... Sevaman...
5. Agar men nafas olishni yoki seni sevish tanlashim kerak bo'lganida, so'nggi nafasimni seni sevishimni aytish uchun ishlatgan bo'lar edim.
6. Men seni sevaman. (Ha, bu so'zlar ham qizlarga juda yoqimli)
7. Men seni so'nggi nafasimgacha quchoqlab turishim mumkin.
8. Ko'zlarimga qarasang meni topasan, yuragimga qarasang o'zingni topasan.
9. Men bir qo'lim bilan butun dunyoni olishim mumkin, agar ikkinchi qo'limni sen tutib tursang.
10. Anavi yorqin yulduzni ko'rayapsanmi? - Yo'q! - To'g'ri, negaki u hozir yonimda o'tiribdi.
11. Men seni kechagidan ko'proq, ertangidan esa kamroq sevaman.
12. Ushbu ro'yhatni unga ko'rsating va ayting: "Mana shularning barchasini senga aytaman" ))
13. Qachonlardur yulduz uchganda,bir kun kelib haqiqiy sevgimni uchratishni niyat qilgan edim. Endi ishonaman, orzular amalga oshar ekan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|