O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 26-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
26-aprel kuni o‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirov tavallud topgan kun. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov buyuk san’atkorni xotirladi.
26-aprel kuni o‘zbek xalqining yana bir buyuk farzandi, atoqli shoir Muhammad Yusufning ham tavallud topgan kuni.
Xonanda Shohruxxon o‘tgan kunlarga nazar tashladi. U o‘smirligida, sochi kalga olingan paytda tushgan rasmini sahifasiga joyladi.
Shohruxxonning rafiqasi, aktrisa Asal Shodiyeva esa arg‘imchoq uchayotgani aks etgan videoni ulashdi.
Zohirshoh Jo‘rayevning Hindistonda ham muxlislari bor ekan. Ular xonandaning qo‘shiqlari matnini muhokama qilmoqda.
Aktrisa Shahzoda Muhammedova qizalog‘iga Milana deb ism qo‘ydi. Aktrisaning yozishicha, chaqaloqni uyga olib chiqishgan.
"Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Sa’dulla Fatxullayev ayollarni endi tushundi.
"Million”chi Alisher Botirov esa iftorlik uchun o‘choqda dimlama tayyorladi.
O‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan kuylanib, Turkiyada ham ommalashishga ulgurgan "Ramazon keldi, ramazon” qo‘shig‘ini bir necha yosh san’atkorlar ham kuyladi.
Turkiyadagi eng yulduzli juftliklardan biri Burak O‘zchivit va Fahriya Evjen muxlislarini yangi, birgalikda tushgan suratlari bilan xushnud qildi. "Qalbim” deya izohladi Fahriya suratni.
Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra turmush o‘rtog‘i Nik Jonas bilan tushgan yangi suratini sahifasiga joylashtirdi hamda hammani sog‘inayotganini yozdi.