Bir guruh odamlar oltin izlab sayoxatga chiqishibdi va uzun, qorong'u tunel bo'ylab yo'l yurishlariga to'g'ri kelib qolibdi. Tunel judayam qorong'u bo'lsa-da, bir-birlarini ushlab, paypaslanib oldinga harakatni boshlashibdi. Yo'l mobaynida ularning oyoqlariga turli toshlar urilib, halaqit bera boshlabdi.
Shunda yo'lboshchi: -Ey do'stlar, bizdan keyin ham bu yerdan boshqalar yurishadi. Kelinglar, o'zimiz qiynalsak ham, yerdagi toshlardan qulimizga olib ketaylik, yul tugagach tashlab yuboramiz. Zora bizdan keyingilar bizchalik qiynalishmasa,-debdi.
Bu gap birovga yoqibdi birovga yoqmabdi. Ba'zilar katta-katta toshlarni olishibdi, ba'zilar hatto qunjilarini ham to'ldirishibdi. Ba'zilar ataylab yengilini tanlab olishibdi. Ayrimlar esa go'yo o'zlarini olgandek ko'rsatishibdi, lekin hech narsa olishmabdi.
Menga nima,- deb ochiqchasiga olmaganlar ham bo'libdi. Eng axmoqlari esa o'sha yo'lboshchini yoqtirmaganliklari uchun aytganini qilishni istashmabdi. Xullas yul tugagach, hamma yorug'likka chiqibdi. Qo'llarini qarashsa tosh deb o'ylaganlari oltin ekan. Hamma afsus chekibdi. Olmaganlar ham olganlar ham. Hatto butun qunjini to'ldirib olgan kishi ham "yana ozgina olsam ham bo'lardi” deb yig'larmish. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|