TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Qirg'iziston davlat milliy xavfsizlik qo'mitasining sobiq rahbari qidiruvga berildi
Qirg'iziston davlat milliy xavfsizlik qo'mitasi (DMXQ)ning sobiq rahbari polkovnik Busurmanqul Tabaldiyevga nisbatan qidiruv e'lon qilindi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qirg'iziston IIV tergov xizmati tomonidan Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi 2-qismi (Korrupsiya)da nazarda tutilgan jinoyat belgilari, Aziz Batukayevning qamoqxonadan noqonuniy ozod etilishi yuzasidan dastlabki tergov olib borilmoqda.
Ushbu tergov doirasida uning qaerdaligi noma'lum bo'lgani sababli Qirg'iziston Mudofaa kengashi sobiq kotibi Busurmanqul Tabaldiyevga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. «KirTAG» nashri ma'lumotlariga ko'ra, general mamlakatni tark etgan.
Ma'lumot uchun, Busurmanqul Tabaldiyev 2011—2013 yillarda Mudofaa kengashiga rahbarlik qilgan. 2013 yilda esa DMXQga rahbar etib tayinlangan.
«Qonundagi o'g'ri» Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilgani haqidagi sud ishi 2019 yilning yanvarida qayta ochilgan edi. Bu ish yuzasidan bir necha shifokorlar, sobiq bosh vazir Shamil Ataxanov, Sog'liqni saqlash vazirligi sobiq vaziri Dinara Saginbayeva va jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev qo'lga olingan edi. Ularga nisbatan korrupsiyada ishtirok etish, shuningdek hujjatlarni qalbakilashtirishda ishtirok etish ishi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.