Psixologlar inson xarakterini bilishda turli usullarni taklif qiladi. Ular orasida kishi yoqtirgan meva nomiga ko’ra aniqlanadigani eng oson va ommabopligi bilan ajralib turadi. Tushunganingizdek, bugungi mavzuyimiz inson fe’l-atvorini yanada yaxshi bilishda u yoqtirgan meva orqali ayrim ma’lumotlarga oydinlik kiritishdir.
Olma
Tanishingiz olma (navining ahamiyati yo’q) ni yoqtiradi. Ushbu mevadan tayyorlangan pishirig’u sharbatlar uning jonu dili.
Olmani sevuchi insonlar to’g’riso’z va kirishimli ekanliklari bilan ajralib turishadi. Bunday insonlar o’z oldilariga biror bir maqsad qo’ydimi, albatta, unga erishmagunicha tinmaydilar. Ushbu meva ixlosmandlari xizmat pillapoyasidan osonlik bilan ko’tarila olishadi. Sababi ular qanday harakat qilish va nima istayotganliklarini juda yaxshi bilishadi. Oilaviy munosabatlarda olma sevuchilar yana og’ir vazmin ham bo’lishadi.
Banan
Bananni hush ko’ruvchi kishilar ochiqko’ngil, kamtar bo’lishadi. Ammo ayrim vaziyatlarda kayfiyat o’zgaruvchanligi kuzatilishi mumkin. Bunday paytlarda asabiylik atrofdagilarga qo’rs muomlada bo’lish holatlari ham kuzatiladi.
Bananxo’rlar soatlab xayol surishni yoqtirishadi. Ba’zi hollarda o’yga tolib real hayotdan uzilib qolganliklarini ham sezmay qolishadi.
Nok
Bu mevani hush ko’ruvchilar safi u qadar ko’p emas. Shunday bo’lsa ham, nok iste’mol qilishni yoqtiruvchi insonlar haqida ham to’xtalib o’tamiz.
Bunday insonlar uchun osoyishta muhit zarur. Ular shovqin suronni hushlamaydilar. Do’stlari ko’p. Yangi tanishuvlar ham ularga omad keltiradi.
Nokni sevuchilar bilan sen-menga bormagan ma’qul. Boisi ularning jaxli burun uchida turadi. Ranjisa bir necha kun (toki siz birinchi qadamni tashlamaguningizcha) chexrasini ochmaydi.
Uzum
Uzumni hush ko’ruvchilar har nimaga ranjiyvermaydilar. Doim pozitiv fikrlashga harakat qiladilar. Muammoga duch kelsa, sir boy bermaydi. Shu sababli ham uni tushkun kayfiyatda uchratish qiyin. Oilaviy munosabatlarda yaqin sirdosh, ishonchli do’st bo’la oladi.
Shaftoli
Yaxshi ma’noda o’z o’rnini biluvchilar shaftoli mevasini yoqtiradi. Bu toifadagilar piching qilishni ham qoyillatadilar. Ammo to’nini teskari kiysa, yaqiniga yo’lamagan ma’qul. Uning fe’li biroz injiq.
Malina
Malinani hush ko’ruvchilar hamisha reja bilan ish ko’radi. Biror muammoga duch kelganida ikkilanish, vahima kuzatilsa-da, u tezda o’tib ketadi.
Apelsin
Sitrus meva ishqibozlari, odatda, samimiy suhbatdosh, bag’rikeng insonlar bo’lishadi. Ular atrofidagilar bilan oson til topisha oladi. O’ta ma’suliyali bo’ladi. Ular o’z muammolari bilan o’zgalarga yuk bo’lishni istashmaydi. Shu bois ko’pgina masalalarni o’zlari mustaqil hal etishadi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot http://hordiq.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|