19 may kuni Tojikistonning Vahdatdagi koloniyasida yuz bergan isyon munosabati bilan 5 nafar nazoratchi va 40 ga yaqin mahbus jazolanadi. Bosh prokuraturasi tartibsizliklar vaqtida xavfsiz joyga yashirinib olgan nazoratchilarga nisbatan jinoiy ish ochdi, deya xabar beradi TR Adliya vazirligidagi manba.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, "Islom davlati” (ID) guruhining tarafdorlari bo'lgan mahbuslar qamoqxonada isyon ko'targan. Ular avvaliga uch nafar nazoratchini garovga olgan va o'ldirgan, shundan keyin 29 nafar mahbusni, jumladan, mamlakatda faoliyati taqiqlangan Tojikiston Islom Uyg'onish partiyasi (TIUP)ning jazoni ijro etish muassasasida muddatni o'tayotgan a'zolarini ham shafqatsizlarcha o'ldirishgan.
TR Adliya vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, Vahdat koloniyasida yuz bergan isyon bo'yicha Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilayotgan tergov hozircha yakunlanmagan.
"Bosh prokuratura isyon vaqtida xavfsiz joyga yashirinib olgan 5 nafar nazoratchiga nisbatan jinoiy ish ochdi. Shuningdek, tartibsizliklarda ishtirok etgan 40ga yaqin mahbusga ham yana muddat qo'shib beriladi. Hozir ular tergovchilar tomonidan so'roq qilinmoqda”, deydi manba.
Uning ta'kidlashicha, koloniya boshlig'i Mahmad Abdulloyev javobgarlikka tortilmaydi.
"Qamoqxona boshlig'i tartibsizliklar kelib chiqmasligi uchun qo'lidan kelgan ishni qildi”, deydi Adliya vazirligi xodimi.
Tartibsizliklar Dushanbedan 15 kilometr janubiy-sharqda bo'lgan Vahdat qamoqxonasida yuz berdi. Tojikiston Adliya vazirligining ta'kidlashicha, isyonga Behruz Gulmurod – respublika OMONning sobiq qo'mondoni, 2015 yilda Suriyaga qochib ketgan va ID saflariga qo'shilgan polkovnik Gulmuroda Halimovning o'g'li rahbarlik qilgan (harbiyning o'g'li 2017 yilning may oyida hibsga olingan edi).
Koloniyada yuz bergan isyonning asosiy tashkilotchilari sifatida rasmiylar "faoliyati taqiqlangan terror va ekstremist guruhlarning, jumladan "Islom Davlati"ning a'zolari”ni ayblashdi.
Hodisa shunday rivojlangan. Pichoq va o'tkir buyumlar bilan qurollangan isyonkorlar koloniyaning uch nafar nazoratchisi – mayor Burhoniddin Murodov, mayor Abdujabbor Halimova va katta leytenant Mahmud Asoyevni avvaliga garovga oldi va keyinchalik o'ldirishdi.
So'ng jarima izolyatoridan 8 nafar o'ta xavfli jinoyatchini, jumladan "ID”ga aloqasi bo'lganlarni ozod qilishdi. Shundan keyin o'zlariga qo'shilmaganlarni qo'rqitish va maqsadlarini amalga oshirish yo'lidan qaytmasliklarini ko'rsatib qo'yish uchun ular boshqa mahbuslar oldida besh nafar mahbusni so'yib tashlashdi.
Ular orasida Said Qiyomiddin G'ozi, Sattor Karimov (Maxsumi Sattor) va Saidmahdixon Sattorov (Sheyx Temur) bor edi.
Shuningdek, ular o'nlab mahbuslarni yaraladilar, deyiladi Tojikiston Adliya vazirligiga qarovchi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi xabarida. Shundan so'ng isyonkorlar koloniya tibbiyot qismini yoqib yuborishdi, bir nechta mahbusni garovga olib o'zlarining ozod qilinishini talab qildilar.
Vahdat koloniyasida tergov tadbirlari davom etmoqda.
Ma'lum qilinishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan koloniyada mahbuslarning, jumladan isyonda ishtirok etgan mahbuslarning qarindoshlari bilan uchrashuvlari vaqtincha taqiqlangan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|