Savol: «Qadr» so'zining ma'nosi nima?
Javob: Ushbu so'zning «yuksak sharaf», «miqdor» va «belgilangan vaqt yoki makon» kabi ma'nolari mavjud.
Savol: Nima uchun «Qadr kechasi» deya nomlangan?
Javob: Ulamolar bu savolga bir qancha javoblar berishgan:
Bu kechaning darajasi juda ulug' bo'lgani uchun; Alloh taolo bu kechada duolarni ijobat qilgani uchun; Bu kechada bedor bo'lib ibodat qilganlarning ajr-savoblari bir necha barobar ko'paytirib berilgani uchun; Alloh taolo bu kechada qilingan solih amalni ming oydagi amaldan yaxshiroq qilib qo'ygani uchun; Bu kechada bedor bo'lganlarning gunohlari kechirilgani uchun;
Savol: Bu kechaning boshqalaridan qanday ustunliklari bor?
Javob: Uning kechaning boshqaridan bir qancha ustunliklari bor:
Ushbu kechada Qur'on Lavhul Mahfuzdan dunyo osmoniga nozil qilingan; Bu kechada Alloh taolo farishtalarini osmondan yerga tushiradi; Bu kecha omonlik va salomatlik kechasi bo'ladi;
Savol: Bu kechani qanday o'tkazish kerak?
Javob: Qur'on tilovati, namoz, zikr va duolar bilan ibodat qilib o'tkazish lozim.
Savol: Bu kechada qoyim bo'lishning hukmi nima?
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bajargan va bunga targ'ib qilgan amal bo'lgani uchun sunnat amal sanaladi.
Savol: Ushbu kechada nima deb duo qilinadi?
Javob: Ushbu kechada quyidagi duo ko'proq aytiladi: «Allohumma innaka a'vuffun, tuhibbul a'fva fa'fu a'nniy» (Ma'nosi: Allohim, Cen marhamatli Zotsan, afv etishni suyasan, meni kechirgin!).
Savol: Qadr kechasini Ramazonning qaysi kechalaridan izlash lozim?
Javob: Ramazonning oxirgi o'n kunligidagi toq kechalar, xususan, yigirma birinchi va yigirma yettinchi kechadan izlash maqsadga muvofiqdir.
Savol: U barcha Ramazon oylarida bo'ladimi yoki faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlariga xosmi?
Javob: U qiyomatga qadar barcha Ramazon oylarida bo'ladi.
Savol: Nima uchun uning aniq qaysi kun ekani maxfiy qolgan?
Javob: Buning hikmatlaridan biri musulmonlarni ixlos va muhabbat bilan Ramazonning oxirgi o'n kunligini to'liq ibodat ila o'tkazishga targ'ib qilishdir.
Savol: Kechaning qanchasida qoyim bo'lish lozim?
Javob: Kechaning ba'zisini ibodat bilan o'tkazish mumkin, ammo to'liq ibodat qilish afzaldir. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|