Hodisa 22 may kuni Qirg'iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog'idagi Eski Mozor hududida sodir bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, mahalliy aholi vafot etgan fuqaroni dafn etish uchun qabristonga o'tgan. Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo'lgan va ular orasida janjal yuz bergan. Qirg'izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qilgan.
Shunda, chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o'qini uzgan.
Tojikiston chegara qo'shinlari ma'lumotlariga ko'ra, mojaroni qirg'izistonliklar keltirib chiqargan. 200 yaqin qirg'izistonliklar Tojikiston hududiga kirib, 700 metr ichkariga o'tgan.
"Ular Kurgancha va Qarabag qishloqlar orasida joylashgan qabristonda qarinshdoshlari dafn etilgani sababli ushbu hudud ularga tegishli ekanligi haqida asossiz talablarni bildirgan. Qirg'iz tomon ushbu faktdan foydalanib, 4 gektar maydonni qamrab olgan qabriston hududini noqonuniy tarzda egallab olishga harakat qilmoqda”, – deb yozadi Sputnik nashri.
Tojikiston chegara xizmati ta'kidlashicha, qabriston Tojikiston hududida joylashgan.
"Tojikistonning qo'riqlanadigan hududiga qirg'izistonliklarni noqonuniy kirishini oldini olish maqsadida” ogohlantirish o'q otish amalga oshirilgan.
Kuni kecha Sputnik Qirg'iziston ma'lum qilishichaa, Eski Mozor uchastkasidagi qabriston Tojikiston davlat chegarasining shartli chizig'idan 150 metr masofada joylashgan. Mahalliy uchastka ro'yxatga olinmagan, biroq aslida qirg'izistonliklar tomonidan foydalanilgan.
Vaziyat chegaralar nazorati ostiga olingan. Qishloq aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|