Ijtimoiy tarmoqda xech qaerda rasman tasdiqlanmagan xabar keng tarqalmoqda.
Xabarda aytilishicha:
2019 yil so'ngiga qadar O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so'm denominatsiya qilinishi mumkin. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, yangi pul birligi 10.000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi.
Tarqalayotgan mish-mishlarga ko'ra, eski va yangi so'm 2020 yil davomida parallel xarakat qiladi.
Plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravishda to'rtta nolini yo'qotadi.
Taxmin qilinishicha, ayni paytda muomalada bo'p turgan 500, 1.000, 5.000, 10.000, 50.000 va 100.000 so'mlik kupyuralar – 2020 yil 31 dekabrgacha parallel ravishda amalda bo'ladi.
Hozirgacha amalda bo'lgan 1 tiyindan 200 so'mgacha bo'lgan barcha pul belgilari 2019 yil 31 dekabrgacha muomaladan olinadi.
Yangi pul belgilari esa 1, 2, 5, 10, 20, 50 va 100 so'mlik kupyuralardan va tiyinlardan iborat bo'ladi.
(Ya'ni, denominatsiyadan so'ng eski 1000 so'm – 10 tiyin, 10.000 so'm – yangi 1 so'mga teng bo'ladi. 100 AQSh dollarining narxi – 90 so'm atrofida bo'ladi)
Yangi pulning asosiy variantida yurtimizda yashab o'tgan taniqli shaxslarning portretlari tasvirlanishi mo'ljallanayapti. Ular orasida O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov ham bo'ladi.
Ikkinchi variantga ko'ra, pullarda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz, Nukus va Qo'qon kabi shaharlar tasvirlanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'z valyutasini 1:10.000 nisbatda denominatsiya qilgan Belarus hattoki avvalroqdan yangi kupyuralarning taqdimotini xam o'tkazgan edi. Eron xam valyutasini ayni shu nisbatda denominatsiya qilishini yaqinda e'lon qildi.
Bu tarqalgan xabarlar qanchalik xaqiqatga yaqinligi tez orada rasmiy bilib olamiz deb umid qilamiz. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|