Kecha 30 iyun – «Yoshlar» kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevning qizlari Saida va Shahnoza Mirziyoyeva, kuyovi Otabek Umarovlar barcha yoshlarni bayram bilan muborakbod etishdi.
Jumladan Saida instagram sahifasida quyidagi so'zlarni yozib qoldirgan.
— Mamlakatimiz yigit-qizlarini O'zbekiston yoshlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Yoshlik har bir inson umrining eng go'zal va yorqin davridir.
Davlatimiz tomonidan yoshlarga oid siyosatga alohida e'tibor qaratilmoqda, yangi avlod o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va hayotda munosib o'rin topishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etishni o'zining ustuvor vazifasi deb bilmoqda. Har yili yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash uchun yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda, zero kelajagimiz egalarining har tomonlama barkamol bo'lib rivojlanishiga g'amxo'rlik qilish mamlakatimiz taraqqiyotiga eng muhim va ishonchli hissadir.
Vatanimiz gullab-yashnashi sizning tashabbuskorlik, aniq maqsad sari intiluvchanlik, professionallik va mas'uliyatni his etishdek fazilatlaringizga bog'liq. Yurtimizning yorqin ertasi aynan sizning qo'llaringizda. Kuchli shijoat va kelajakka ishonch yuksak marralarga erishish va to'g'ri yo'lni tanlashda sizga tayanch va madad bo'lsin. Har biringiz erishgan muvaffaqiyat, yutuq va zafarlar O'zbekiston g'ururini, milliy iftixor tuyg'usini oshirishi oydek ravshan.
Sizga baxt-saodat, mustahkam sog'lik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat, omad yor bo'lsin! Eng ezgu tilaklar!
Endi Shahnoza Mirziyoyevaning tabrigi bilan tanishing.
— Mamlakatimiz yigit-kizlarini O'zbekiston yoshlari kuni bilan samimiy muborakbod estaman! Yoshlik har bir inson umrining eng go'zal va yorqin davridir.
Va nihoyat kuchli uchlikni Otabek Umarov yakunlab berdi.
Malika Rania. Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevaning jajji qizalog'i
— Dunyoga kelajak avlod ko'zi bilan boqsang uning naqadar beg'uborligi, go'zalligi va betakrorligini his qilar ekansan. Yoshlar qudratli bo'ladi. Ular ulkan orzulari va xayollari bilan shiddatli oqimni o'zgartirishga, osmono'par inshootlarni yaratishga, hayotni yana-da go'zallashtirishga, qo'yingki, dunyoni zabt etishga qodir bo'lishadi. Kelajak shu kabi jajji va barkamol avlod qo'lida. Xudo xohlasa, bizning tinch va masrur keksalik gashtimizni ham ular ta'minlab berishadi. Farzandlarimizning rang-barang, go'zal hayot yo'li va keksalik yoshiga tinchlik bilan yetib borishiga bugun biz mas'ulmiz. Yoshlar kuni bilan barcha navqiron avlodni – O'zbekiston kelajagini samimiy qutlayman! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|