![](/_nw/25/76558930.jpg)
Olimlar yugurish sporti bilan shug'ullanuvchilar ustida uzoq yillik izlanish va tadqiqot olib borganlaridan so'ng mazkur sportchilarning tizza muskullari juda mustahkam, baquvvat va yaxshi holatda bo'lishini aniqladilar.
Inson muntazam ravishda yurish, aniqrog'i to'xtamasdan, bir maromda piyoda yurish bilan shug'ullansa, oyoq muskullari mustahkamlanishini ta'kidladilar. Yana ular shuni aytishyaptiki, har kuni piyoda yurish tizza muskullari quvvatini oshiribgina qolmay, balki yurak muskullarini ham yaxshilab, qandli diabet kasalligini muolaja qilar, qon bosimining mo''tadillashishiga xizmat qilar, umurtqa pog'onasi va tizza bo'g'imlaridagi og'riqlarning yo'qolishiga hamda jismning immunitet tizimi mustahkamlanishiga sabab bo'lar ekan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarni Alloh xatolarni o'chiradigan, darajalarni ko'taradigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar. Ular:
«Albatta, ey Allohning Rasuli», deyishdi.
U zot:
«Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilish, masjidlarga qadamni ko'paytirish va namozdan so'ng namozni intizor bo'lib kutish. Ana o'sha siz uchun «murobitlik»dir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Bu hadisda bandaning xatolari o'chirilib, darajalari ko'tarilishiga sabab bo'ladigan amallar qatorida "masjidlarga qadamni ko'paytirish”ham zikr qilinmoqda. Ha, masjidga bir kunda besh marta piyoda yurib boradigan odam namoz o'qish bilan birga kunlik piyoda yurish mashqini ham bajargan bo'ladi. Bu esa yuqorida aytib o'tganimizdek, ko'plab kasalliklarining barham topishiga, muskullar va immunitet tizimi mustahkamlanishiga sabab bo'ladi.
Qolaversa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayit kuni masjidga piyoda borar va masjiddan qaytishda boshqa yo'ldan piyoda uyga kelar edilar. Bunday qilish avvalo sunnat amal bo'lsa, shuningdek, tananing salomatligi uchun ham ayni muddaodir.
Alloh taolo barchamizga Dinimiz ko'rsatmalariga amal qilib, ikki dunyoda azizu mukarram bo'lishimizni nasib etsin! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|