TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Angliya olimlari inson oyoqlari osti, tovonning old qismidagi salbiy o'zgarishlar jiddiy xastalikdan darak berishini aniqlashdi. Birinchi navbatda qandli diabet oyoq osti bilan bog'liq ekan. Agar qandli diabet odam organizmida paydo bo'lsa, birinchi belgisi xuddi shu bo'ladi. Aniqrog'i, biz oyoqlarimiz ostidagi og'riqlarni his etmay qo'yamiz. Diabet tananing bu qismidagi his etish imkoniyatlarini yo'q qiladi. Oqibatda oyoq ostida yaralar paydo bo'lganini payqamay qolamiz. Agar bu yarani vaqtida davolamasak, natijasi achinarli kechishi mumkin.
Mabodo oyoq osti muzdek va rangpar bo'lsa, yurak xastaliklari xavf solishi kutiladi. Oyoq ostidagi tomirlar urmay qo'ysa, aritmiyaga uchrash ehtimoli kuchayadi. To'g'ri, olimlar oyoq ostiga qarab tashhis qo'yish noto'g'riligini aytib o'tishdi. Lekin yuqorida keltirib o'tilgan belgilarni payqasak, darhol vrach qabuliga borishimiz shart ekan.