Onasi bahrida homila nishonasini eshitgandayoq otalar o'zini yetti qavat osmonda ko'rishadi. Axir u ota bo'lyapti. Lekin otalik burchi, otalik mas'uliyati va majburiyati, farzand oldidagi, ahli ayoli oldidagi vazifalari haqida hamma erkak ham mard turib o'ylamaydi. Buni bugungi kunda MIB ga kelib tushayotgan alimentni undirish haqidagi sud qarorlari tahlilida ham ko'rsa bo'ladi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha Fijduvon tumanlararo sudining 2003 yil 21 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Anvar Tilabov (ism va familiyalar shartli ravishda o'zgartirildi)dan undiruvchi Nargiza Azizovaning foydasiga nisbatan voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
MIB G'ijduvon tumani bo'limi tomonidan qarzdor A.Tilabovga bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to'lamay qochib yurgan edi. Natijada uning alimentdan bo'lgan qarzdorligi 68208000 so'mni tashkil qilgan.
Otalik burchini unutgan qarzdor o'ziga tegishli xulosa chiqarmay, alimentdan bo'lgan jami 68208000 qarzdorlikni to'lamasdan kelganligi sababli, unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan, 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu kunning o'zida G'ijduvoon tuman ma'muriy sudi tomonidan yana ikki nafar aliment to'lovchilarning ishi ko'rilib, 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi qo'llanildi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|