![](/_nw/27/33305987.jpg)
Tahririyatimizga Namangan viloyati Chortoq tumanida istiqomat qilib kelayotgan Isaqov Sadriddin qizining og'ir betobligi sabab yordam so'rab murojaat qildi.
«Men Isaqov Sadriddin Namangan viloyati Chortoq tumanida yashayman, hozirda pensionerman. Qizim Madraximova Umida 1978 yilda tug'ilgan. Tumandagi 42-umum ta'lim maktabida boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi bo'lib ishlaydi, oilali, 3 nafar farzandi bor. 2008 yilda jigar sirrozi kasalligi bilan kasallangan, 10 yildan beri davolanadi, hozirda davolanishi uchun mablag' masalasida muammo bo'lmoqda. Umidani Respublikamizga Hindistondan kelgan mutaxassislar ko'rigidan o'tkazdik, ular zudlik bilan «jigar transplantatsiyasi» o'tkazish zarurligini aytishdi, hozirda uning o'g'li Jasurbek o'z jigarini bir qismini onasiga bermoqchi. Biroq, qizim Umidani Hindistonda «jigar ko'chirib o'tkazish» amaliyoti uchun 30-32 ming AQSh dollari zarur ekan, hozircha biz qarindoshlar va tanishlardan 5ming 700 AQSh dollari topdik holos.
Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar! Sizlarni yordamingiz bilan yuzlab kishilar davo topib tuzalib ketganlarini eshitganman, shuning uchun sizlarga murojaat kilmokdaman. Iltimos, Alloh xayringizni bersin, bizga yordam bering. Bizga qilgan yordamingiz davlatingizni bundan-da oshirsin. Hech kimning boshiga qizim chekayotgan dardlar tushmasin, hech kimning oilasi bunday sinovga duchor bo'lmasin…»
Aziz o'quvchi. Avvalo, Yaratgandan so'ng esa sizlardan Umidaxon uchun xayriya mablag'larini yig'ishga ko'mak, ehson, yordam so'raymiz!
Bemor Madraximova Umidaga oid ma'lumotlar:
AGROBANK Click/PayMe: 8600 0423 5205 3812
Bemorning otasi Isaqov Sadriddin raqami: +998 93 9272206
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|