Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4400, 23.07.2019 y.).
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvargacha "Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
2019 yil 1 avgustdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
mikroqarzning eng ko'p miqdori 50 mln so'mgacha, mikrokredit – 300 mln so'mgacha va mikrolizing – 600 mln so'mgacha oshiriladi (hozirgi kunda mikroqarzning miqdori eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan (20 mln 273 ming so'm), mikrokredit eng kam oylik ish haqining ming baravaridan (202 mln 730 ming so'm) oshishi mumkin emas); mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi ariza 15 ish kunida ko'rib chiqiladi (bugungi kunda bu muddat 30 kun); mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi; aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar o'rtasida joylashtirish huquqi beriladi; shuningdek, mikrokredit tashkilotlari uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
banklar, sug'urta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida qatnashishga; chakana xizmatlar, naqdsiz shaklda ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar markazlarini ochishga; bank va kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega. Qarorga muvofiq, quyidagilar taqiqlanadi:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kredit (qarz) berish va majburiyatlarni xorijiy valyutada hisobga olish; nobank kredit tashkilotlar tomonidan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta'minotiga ko'chmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish; ilgarigi kreditlar bo'yicha qarzdorlik bo'lganida jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish. 2019 yil 1 oktyabrgacha jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) yuzasidan qarz yukining, foizlarning eng yuqori stavkalari bo'yicha o'sishini cheklab turishga oid me'yorlar ishlab chiqiladi.
2019 yil 1 dekabrgacha banklarda dastlabki identifikatsiyadan o'tgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmi joriy etiladi.
Bundan tashqari, "Nobank kredit tashkilotlari to'g'risida”gi Qonun ishlab chiqiladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|