Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida 5-may kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi. Keyinroq sud ishi boshqa vaqtga qoldirilgani haqida aytildi.
O‘zA sud majlisi qoldirilganining sababi noma’lum ekanligi, Yulduz Usmonovaning sudga kelmagani haqida xabar berdi.
6-may kuni O‘zbekiston Oliy sudi ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qildi. Murojaatda Yulduz Usmonovaning ishi sudga oshmagani haqida aytiladi.
"Hozirgi paytga qadar fuqaro Yulduz Usmonovaga oid ish materiallari sudga kelib tushmagan. Ushbu ish surishtiruv organi tomonidan sudga taqdim etilishi bilan sud majlisi o‘tkaziladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi Oliy sud bayonotida.
Avvalroq Yulduz Usmonova tergov jarayoni tugagunicha shahardan chiqa olmasligini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videosi tarqalganidan keyin shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari O‘zbekiston xalq artistining kechirim so‘raganiga qaramay, uning qilmishiga qonuniy baho berilishini talab qilmoqda.