Bir amaldor uzoq safardan qaytar ekan, uyi darvozasi oldida sovuqdan qaltirab turgan keksa soqchisiga ko'zi tushdi. Unga yaqinlashib dedi: – Qalinroq kiyiming yo'qmi? Chol bazo'r og'iz juftladi: – Xo'jayin uzoq yillardan beri qishni mana shunday yupun o'tkazaman. Boshqa kiygulik yo'q. Amaldor achindi: – Xotirjam bo'l. Hozir uyimga kirib senga qalin po'stin berdirib yuboraman. Cholning ko'zi yoshlanib, duo qildi. O'z uyiga kirgan amaldor, o'z tashvishlari bilan bo'lib, cholni unutdi, boshqa ishlar uni chalg'itdi. Faqat tongdagina cholga bergan va'dasi esiga tushib, po'stin yubordi. Lekin bilsaki chol tongga yaqin vafot etibdi. Uning yonidan chiqqan bir parcha qog'ozni amaldorga yetqazibdilar: – Xo'jayin, men shu yupunlikda bir necha qahratonlarga dosh berdim. Ammo siz kecha ko'nglimda issiqlik umidini uyg'otdingiz. Shu taft ilinjida ojiz qoldim. Meni sovuq emas, o'sha ilinj, o'sha ishonch o'ldirdi… Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|