"Dollar narxi oshdimi?” sarlavhali maqolani o'qigan ayrimlar «Latifa» deb kulishdi. Oyatlar va hadislar asosida yozilgan maqola latifa bo'ldimi? Odamlarga nima bo'lyapti o'zi? Nahotki ruhiy tarbiyamiz shu ahvolga kelib qolgan, muammolarni barcha gunohlarimizga bog'lash qoidasidan uzoqlashib ketgan bo'lsak?!
Axir Alloh taoloning O'zi Qur'oni Karimda shunday degan-ku:
وَمَا أَصَابَكُمْ مِنْ مُصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ وَمَا أَنْتُمْ بِمُعْجِزِينَ فِي الْأَرْضِ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ
"(Ey, insonlar!) Sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U ko'p (gunohlar)ni afv etib turur. (Aks holda musibat bundan ham ko'p bo'lur edi.) Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror (haqiqiy) do'st ham, yordamchi ham yo'qdir” (Sho'ro surasi, 30-31-oyatlar).
Dollar oshgani muammomi o'zi? Ha, muammo deyishyapti. Chunki, olib-sotadigan mahsulotlari dollarga bog'liq bo'lgan, iqtisodiy munosabatlarini dollar asosida olib boradigan kishilar uchun dollar narxining oshishi kattagina muammodir. Demak, xalq boshiga o'sha muammo nima sababdan keladi? O'sha xalqning gunohlari sababidan. Kim ayta oladi «Gunohlar sababidan emas» deb?!! Xalq o'zini isloh qilib o'zgartirsa, ulardagi muammo ham bartaraf bo'ladi.
Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:
إِنَّ اللّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنْفُسِهِمْ
"Albatta, to bir qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o'zgartirmas” (Ra'd surasi, 11-oyat).
Men o'zimni tuzatsam, siz o'zingizni tuzatsangiz, u o'zini tuzatsa, muammolar barham topib boradi.
Muammo va tashvishga sabab bo'layotgan o'sha gunohlar nima o'zi?
Monopoliya, korrupsiya, iqtisoddagi aldovlar, riboga asoslangan munosabatlar, oxiratda nima deb javob beraman degan tuyg'uning kamayib borayotgani, ayrimlarning «pul topsam bo'ldi» deya qanday yo'l bilan topishga e'tibor qilmayotgani, silai rahmga judayam sust qaralayotgani, mana bular biz nazarda tutgan gunohlardir.
Shular muammolarga sabab emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh shunday deganlar: «Insonga, xoh joniga, xoh moliga, xoh boshqa narsasiga biror musibat yetsa, albatta, o'zi qilgan gunohi sababli yetadi. Insonning o'zidan o'tmasa, unga biror musibat yetmaydi. Lekin o'ta mehribon bo'lgan Alloh bandasini har bir gunohi uchun musibatga duchor qilavermaydi, faqat ba'zisi uchungina musibatga duchor qiladi, ko'pini kechirib yuboradi. Agar Alloh taolo insonni har bir aybi uchun musibatga uchratadigan bo'lsa, inson darhol halokatga yuz tutar edi».
Poraxo'rlik, sudxo'rlik, hiyla-nayrang, adlov, makr, nafsga qul bo'lish, odamlarning haqqidan qo'rqmaslik va boshqa shu kabi gunohlar kompleksi dollar oshishi va buning natijasida dollarga aloqador mahsulotlarning narx-navosi ko'tarilib ketishiga va hokazo muammolarga sabab bo'lmayaptimi?!!
Alloh taolo barchamizning tillarimizni istig'forga mashg'ul qilib qo'ysin va gunohlarimizni kechirsin! Xalqimizning turmushini farovon, rizqini barakotli qilsin! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|