«O'zbekkonsert» rahbari Odil Abduqahhorov qo'shiqlardagi nojo'ya so'zlar (so'kishlar)ga urush e'lon qilgani va «repni nazoratga olgani» haqida bergan intervyusi internet foydalanuvchilari orasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
«O'zbekkonsert» rahbarining so'zlariga ko'ra, o'z vaqtida ko'rsatilmagan e'tibor tufayli reperlar rep matnida so'kishlarni ishlata boshlashgan va ularning hatti-harakati ham nojo'yalashib ketgan. Endilikda muassasa xodimlari o'z oldilariga reperlarga milliy an'ana va milliy madaniyat haqida kuylash lozimligini yetkazishni maqsad qilib olganlar.
Ayni vaqtda «O'zbekkonsert» rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari e'tiboriga tushib, qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Xususan, Sayyora Xodjayeva, «O, Xudo, yaqinda butun dunyo ustimizdan kulishni boshlaydi», – deya post qoldirgan.
Nikita Makarenko esa: «Xudoga shukr. Mamlakatimizda hech bo'lmasa nimadir nazorat ostida. Tupak, tinch orom ol. Rep ishonchli qo'llarda», – deya yozgan.
Nigora Muxamedova nikli yana bir internet foydalanuvchisi esa endilikda mahallalarda radiouzellarda Zulfiya she'rlari bilan birgalikda nazorat ostida bo'lgan replar o'qib eshittirilishini aytgan va kelajakda o'qiladigan repdan bir parcha keltirgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|