Davlat statitistika qo'mitasi 2019 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatdagi o'lim holatlariga qaysi kasalliklar sabab bo'lganini ma'lum qildi.
O'zbekistonda 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o'lim qayd etilgan bo'lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o'lim koeffitsienti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan o'zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo'lgan). Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o'lim holatining 62,1 foizini – qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5 foizini – o'simtalar, 5,3 foizini – ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,5 foizini – nafas olish a'zolari kasalliklari, 5,4 foizini – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizini – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 foizini- boshqa kasalliklar tashkil etgan.
Ro'yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi – perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 foizi – nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 13,3 foizi – tug'ma anomaliyalardan, 2,2 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 foizi – ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|