Fuqaro Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirdi.
O'zAning yozishicha, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Surxondaryo viloyati, Angor tumani, "Ulug'bek” mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi, 1941 yil 13 aprelda tavallud topgan fuqaro Mamatqul Berdialiyev hujjat topshirgan.
Ma'lum qilinishicha, birinchi yo'nalish sifatida "Mevachilik va uzumchilik ta'lim yo'nalishi”ni, ikkinchisi "Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, uchinchi esa "Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish» yo'nalishlarini tanlagan.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan ma'lum qilishlaricha, joriy yilda respublika Oliy ta'lim muassasalariga abiturient sifatida ro'yxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko'pchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab, yoshga doir cheklovlarning amal qilmasligi bo'ldi.
O'zbekistonda OTMlarga hujjat topshirish muddati 15 iyul kuni yakunlanadi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|