Prezident Shavkat Mirziyoyev "Bir makon, bir yo'l” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, prezident dastlab Huawei kompaniyasining eng so'nggi texnologik yechimlari va mahsulotlari namunalari bilan tanishgan.
Kompaniya asoschisi Jen Chjenfey bilan O'zbekistonda "Xavfsiz shahar”, "Elektron hukumat” va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
"Prezidentiz kompaniyaning sun'iy intellektga asoslangan texnologik yechimlariga yuqori baho berdi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Mirziyoyev kompaniya bilan hamkorlikda mamlakatda amalga oshirilgan loyihalar, mutaxassislarni tayyorlash masalalari bilan qiziqdi.
"Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yo'nalish bo'yicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv yakunida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'zbekistonda Huawei kompaniyasi bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, mobil aloqa operatorlari va provayderlari tarmoqlarini rivojlantirish, optik tolali aloqa liniyalari yordamida yuqori tezlikda ma'lumotlar uzatish texnologiyalarini ishga tushirish bo'yicha muhim loyihalar amalga oshirilgan.
Huawei Technologies raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Innovatsion axborot mahsulotlari va yechimlari, ma'lumot uzatish tizimlari, optik qurilmalar, routerlar, tarmoq uskunalari, ma'lumot markazlari, iste'molchilar uchun smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar, maishiy elektr jihozlari ishlab chiqarish kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyev Xitoyga "Bir makon, bir yo'l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Biroz avval davlat rahbari Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashgani va uni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga kelishga taklif etgani haqida xabar qilgan edik. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|