Juma, 05.07.2024, 00:20
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 13
Mehmon: 13
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyul » 16 » O'z tomirini tishlab, bolasiga qonidan ichirib, o'limdan saqlagan onalar!

12:12
O'z tomirini tishlab, bolasiga qonidan ichirib, o'limdan saqlagan onalar!
"Go'daklardan jannat isi keladi”, deyishadi. So'nggi yillarda ayollar tomonidan o'z bolasini sotish, turli yo'llar bilan joniga qasd qilish, norasidalarga zulm o'tkazish kabi mudhish jinoyatlar tafsiloti qulog'imizga chalinib turibdi.

Xususan, Farg'onada ayol o'z bolasini bo'g'ib o'ldirishi bilan bog'liq qabohat atrofida ko'tarilgan shov-shuvlar endigina tinayotgan bir vaqtda nafaqat millatimiz va jamiyatimiz, balki butun insoniyat uchun sharmandali yana bir jinoyat sodir etildi.

Surxon vohasida biz farishtaga mengzaydigan begunoh go'dak o'limga mahkum qilinib, hojatxonaga tashlanishi barchamizning qalbimizni larzaga keltirdi.

Bu mavzuni ochishdan maqsadimiz bunday chirkin voqea atrofida yanada shov-shuv ko'tarish yoki kimgadir qat'iy hukm o'qish emas. Balki ogohlik bongini qayta-qayta chalishdir, toki mehr-shafqat, qadr-qimmat va mas'uliyat hamisha har narsadan ustuvor tursin.

Shu o'rinda yana bir bor ta'kidlab o'tishni istar edikki, har qaysiki yovuzlikka qo'l urgan kimsalar vaqti kelib oliy hakam bilan yuzma-yuz kelishi, uning so'rovi va javobgarligi juda-juda og'ir kelishini bilarmikan?

ONALAR MEHRI OLDIDA O'LIM HAM OJIZ 

"Jannat onalar oyog'i ostidadir”, deyiladi muborak hadisi sharifda.

Shu o'rinda ko'nglimizdan beixtiyor savollar o'tadi. Ayol atalmish nozik xilqatni bunday yuksak e'tirofga sazovor qilgan uning go'zalligimi, aqlu farosatimi yoki latofatimi?

Buning sir-sinoati, sehri nimada? Bu savollarga buyuk olmon donishmandi, jahonga taniqli adib va faylasuf I.V.Gyotening quyidagi so'zlaridan javob topish mumkin: "Ayolning bor qudrati va joziba kuchi uning onalik muhabbatidadir”.

Darhaqiqat, haqqoniy va hayotiy javob. Onalar mehr-muhabbati oldida hatto o'lim ham ojiz, onalar ko'ksi hamisha farzandi uchun balogardon. …Bunga bashariyat tarixidan ko'plab misollarni keltirish mumkin. Uzoqqa bormaylik 1988 yilda Armanistonda bo'lib o'tgan kuchli zilzila va uning dahshatli oqibatlarini ko'pchilik yaxshi eslaydi.

Spitak shahrida vayron bo'lgan imoratlar tagida bir ayol yosh bolasi bilan 12 kun jon saqlagan. Qutqaruvchilar ularni olib chiqishganida ona o'lim yoqasida, 3 yoshli qizchasi esa unga nisbatan ancha tetik bo'lgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Ona o'z tomirini tishlari bilan kesib, qonini bolasiga ichirgan, shu yo'l bilan uning jonini saqlab qolgan. Arman ayolining jasoratidan hayratga tushgan, buni qahramonlik, deya atagan xalqaro jamoatchilik va OAVlariga bergan intervyusida "Mening o'rnimda bo'lgan har bir ayol shunday yo'l tutardi. Men onalar qilishi lozim bo'lgan ishni qildim xolos”, degan edi.
 
O'ShA TUNDA ONAM KELMADI

— Onamning siymosini g'ira-shira eslayman, — deya hikoya qiladi "Buxenvald” konslagerining sobiq asiri Yurchenko Petr Maksimovich "Onam haqidagi xotiralar” kitobida — Nemis fashistlari qishlog'imizga bostirib kirganida 3 yoshda edim. Bizni boshqa asirlarga qo'shib poezdda qayoqqadir olib ketishayotganda onamning bag'rida edim. Onam goh cho'ntaklarini titkilab, goh qaerlardandir timirskilanib bir nimalar topib kelar va mening og'zimga solardi. Manzilga yetib kelganimizda meni onamdan ayirishdi. Onamni ishchilar, meni esa donorlar, ya'ni nemis soldatlari uchun qon topshiruvchi bolalarga ajratilgan xaroba baraklarga joylashtirishdi. Farzandidan ayrilishni istamay dod-faryod qilgan ayollarni fashistlar joyida otib tashlashardi. Oramizdagi masofa taxminan 2-3 chaqirim edi. Lagerda onalar va bolalar bir-biri bilan ko'rishishi qat'iy taqiqlangan bo'lib, temir intizomni buzganlar uchun so'zsiz o'lim muqarrar edi. Ochlik va qon topshirish bolalarning sillasini quritgan, har daqiqada o'nlab bolalar yotgan joyidan turolmay o'lib qolishardi. Uchinchi yoki to'rtinchi tunda qulog'imga o'zimgagina tanish bo'lgan, juda past shivirlagan ovoz chalindi: — Mi-mo… Mi-imo. Onam meni erkalaganda shunday deb atardi. — Oyi, oyijon. Men bu yerdaman. Majolsizlikdan sudralib yog'och devorga yopishdim. — Tshsh…, sekin Mimo. Xudoga shukr, tirik ekansan. Seni ko'p qidirdim.

Onam devor tirqishidan qo'limga bir dona xom kartoshka tutqazdi. Nodir ne'matni deyarli chaynamay yutdim. Tomirimga qon yugurganday bo'ldi. Shu ondan boshlab onam har kuni tun yarmidan og'ib, qorovullarni uyqu mahv etgan palla menga goh yarimta muzlagan kartoshka yoki bir tishlam qora non, gohida sabzavot po'choqlarini keltirardi. Konslagerga men bilan keltirilgan bolalarning deyarli barchasi ochlik va kamqonlikdan o'lib ketishdi. O'rniga yana yangilarini keltirishardi. Mening qilga osilib turgan hayotimni onamning mehr-muhabbati asrab qoldi. Onam o'ziga berilgan ozgina yeguliklarni yemasdan, jonini xavf-xatarga qo'yib bo'lsa-da, menga tashmalaganini keyinchalik tushunib yetdim. Azob-uqubatli kunlarning birida onamni kuta-kuta ko'zim ilindi. Nemis ovcharkalarining bezovta akillashlari va avtomatning tarillashidan cho'chib uyg'ondim. O'sha tunda onam kelmadi. Ertalab tongda soldatlar baragimiz yaqinida o'lib yotgan bir ayolni sudrab olib ketishayotganini o'sha devor tirqishidan ko'rdim. Ayolning men tomon cho'zilgan qo'llari yarimta kartoshkani mahkam changallab olgandi.
 
BIZ KO'NIKIB KETAVERAMIZMI?

Xalqimiz eng ulug' insoniy fazilatlari bilan dunyoga tanilgan xalq. Urushning azob-uqubatli yillarida ham, ochlik va qahatchilik suyak-suyaklarigacha zirqiratgan kunlarda ham milliyligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo'lgan har qanday illatlarga murosasiz bo'lishgan. Ajdodlarimiz yuraklarida imonu e'tiqod va mehr-oqibat kuchli bo'lgan-ki, ayollar sha'ni jon qadar yaqin, or-nomus, insofu diyonatni har qanday orzu- havaslardan yuqori qo'yishgan.

Sanoqli yillar oldin ota-onasi tirik bo'la turib yetimxonalarda tarbiyalanayotgan bolalar mavzusi jamiyatimiz uchun og'riqli masala edi. Farzandlarini goh yashirin, goh oshkora bolalar uyiga tashlab ketayotgan ota-onalar qattiq qoralanardi.

Bunday illatlar nafaqat o'zi, mahalla ahli, qo'ni-qo'shnilar uchun ham isnod sanalgan. Turli OAVlar sahifalarida o'zini bozorga solayotgan yengiltak xotin-qizlar, qutlug' oshyonini bulg'agan qo'shmachi ayollar, o'n gulidan biri ochilmagan bokira qizlarni aldov yo'li bilan chet davlatdagi fohishaxonalarga sotish bilan shug'ullanuvchi "odam savdosi” korchalonlari haqidagi maqolalarni o'qib, millat sha'ni va qadr-qimmatiga chin dildan achinganimiz, yuragimiz og'ringani hali unut bo'lganicha yo'q.

Bugun esa oramizda xitoylik, yaponiyalik yoxud boshqa bir xorijlik boy kishiga turmushga chiqqan qizlari bilan faxrlanib yurgan ota-onalarga, chet davlatlarda "biznes”ini gullatayotgan va bobosi tengi keksa milliarder bilan bir yostiqqa bosh qo'ygan "tadbirkor qizlar”ga havas bilan qaraydigan hamyurtlarimiz talaygina.

Eng achinarlisi, turli OAV sahifalarida o'z bolalarini sotayotgan ayollar haqidagi maqolalarni ham etimiz seskanmay o'qishga o'rganib borayapmiz. Qo'rqsa qo'rqqulik yana bir tomoni bir-biridan dahshatli, bir-biridan sharmandali chirkin holatlar biz uchun tobora odatiy holga aylanib borayotgandek, hayratlantirmay, hayajonlantirmay qo'ygandek, barchamizni ko'niktirib qo'yayotgandek.

Yaqinda to'qsonni qoralagan tog'amning ko'zida yosh ko'rib, tinchim buzildi. U kishi o'qiyotgan gazetani g'azab bilan chetga uloqtirar ekan, ko'z yoshini yashirolmadi. — O'qimang deyman-ku sizga. Mana endi yana ikki uch kun qon bosimingiz ko'tarilib yuradi, — deya javradi yanga. Yigirma besh yoshli o'g'il otasining ko'ngli bo'shligidan kulgan bo'ldi:

— E, shunga shunchami. Nima, birinchi bor eshitayapsizmi, bunday voqealarni?..

Qiziqsinib gazetani qo'limga oldim va tog'amning ko'nglini buzgan maqolani o'qishga tutindim. Unda andijonlik ayolning sakkiz oylik o'g'lini 1000 AQSh dollariga pullash maqsadida xaridor izlagani va jigargo'shasini sotayotgan vaqtida qo'lga olingani haqidagi tafsilot yozilgan ekan.

— Odamlar bir tishlam nonga zor bo'lgan, ochlikdan sillasi qurib, ko'cha-ko'yda o'lib yotgan kunlarni ko'rdim, lekin o'z farzandini sotgan biror-bir odamni eshitmagan edim, — dedi tog'am kuyinib. — Atrofga qara, qanday farovonlik. Mashaqqat yo'q, ovoragarchilik yo'q, istagan noz-ne'mat tayyor. Ovqatni tanlab yesak, kiyimni saralab kiysak. Shunday to'kin-sochin zamonda bolasini sotish hech narsa bilan oqlab bo'lmaydigan qabohatdan boshqa narsa emas.

Keskin, ayovsiz bo'lsada-da, tog'amning fikriga qo'shilmay, jiyanimning e'tirozini ham e'tirof etmay iloj yo'q, deb o'yladim va beixtiyor yodimga ijtimoiy tarmoqlarda qo'ziqorinday paydo bo'layotgan bu kabi noxush illatlardan biri yodimga tushdi.

Qashqadaryolik Kamola (ism-shariflar o'zgartirilgan) maktabni bitirishga bardoshi yetmadimi yoki istagi bo'lmadimi, o'qishni tamom yig'ishtirdi-da, to'satdan Samarqandga otlandi.

— Boshqa o'qimayman, — dedi o'z taqdiriga o'zi xo'jayin qiz. — Samarqandda tanish dugonalarim ofitsiant bo'lib ishlayapti. Ularning oldiga borib, men ham ishlayman. Uning ota-onasi qiz bola yolg'iz o'zi qaerga ketayapti, dugonalari kimligi bilan na qiziqishdi, na e'tiroz bildirishdi. Kamolaning tanish dugonalari o'zidan 5-6 yosh katta bo'lib, ko'chada tasodifan tanishib qolishgandi. 16 yoshli qiz ular yashayotgan uyga kelgach, bu opalarning hech qaerda ishlamay, maishatda yashashlarini bildi. Lekin uni orqaga qaytarguvchi, to'g'ri yo'lga solguvchi kimsa topilmadi. Bu orada Kamola o'zi tanimagan, bilmagan oilali yigitdan homilador bo'lib qoldi. Ilojsiz qolganda, yana "mehribon opalar” yordam qo'lini cho'zishdi, ya'ni hali tug'ilmagan go'dakka xaridor topishdi.

"Ham sharmandalikdan qutulasan, ham yaxshigina pul ishlab olasan”, deyishdi. Bu gap Kamolaga moydek yoqib tushdi, axir, uning maqsadi ham shu edi-da. Uddaburon qiz yigirma kunlik chaqalog'ini 1000 AQSh dollariga sotayotgan paytida qo'llariga kishan solindi. Ne ajabki, sud zalidagina bola taqdiriga befarq ota-ona va yengil hayotga ishtiyoqmand qizning ko'zlari go'yoki ochilganday bo'ldi.

ILLATNING ILDIZI QAERDA?

Dono xalqimizning "Illat illatni chaqiradi”, degan naqli bejiz aytilmagan. Bu hikmat zamirida ulkan haqiqat bor. Zotan, arzimas pulga sotilgan, axlatxona va hojatxonaga tashlab ketilgan bolalar aslida nomussizlik va badnafslik qurbonlaridir.

To'g'ri yo'ldan adashgan o'g'il-qizlarimizning jinoiy qilmishlari, avvalo, ota-ona, mahalla, maktab va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar, mas'ul xodimlarning mas'uliyatsizligi, kasbiy burch va vazifalariga "mendan ketdi, egasiga yetdi” qabilida yondashishlari, bir-birimizning taqdirimizga loqaydligimiz mevalari, desak mubolag'a bo'lmas.

Ochig'i, yonginamizda yashaydigan ayrim qo'ni-qo'shnilarimizning nomussizlik, qo'shmachilik kabi "biznes” faoliyatini ko'rmaymiz, eshitmaymiz.

Sababi, bir so'z deyishga og'iz rostlagan "yozuvchi”lar va "ichi qora”larning og'izlariga uradigan boyvuchcha "tadbirkorlar” oldida hattoki ayrim mahalla, ichki ishlar va boshqa tegishli mutasaddi tashkilot xodimlarining tili qisiqligidan xijolat tortamiz-da.

Shukrki, millat sha'ni, yoshlar taqdiri, komil inson ta'lim-tarbiyasiga jonkuyar hamyurtlarimiz ko'pchilikni tashkil etadi. Ulardan birlari oilada, o'quv muassasalarida azaliy qadriyatlarimiz manbai bo'lmish islom ta'limotiga kengroq e'tibor qaratish kerak, degan fikrda.

Bu boradagi burch va mas'uliyatni yanada kuchaytirish hamda javobgarlik ta'sir choralarini qat'iy belgilash tarafdorlari ham talaygina.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 | Ko'rildi: 374 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz