TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
O'smirning koma holatidan chiqishiga sevimli dezodoranti sabab bo'ldi…
Angliyaning Kambriya grafligida yashovchi 13 yoshli Kakper Krauze (Kacper Krauze) o'rtoqlari bilan daryo bo'ylab qayiqda sayr qilayotgandi. Kutilmaganda suvga tushib ketdi. Suzishni bilmasdi. Shu tufayli cho'kib ketdi. To qutqaruvchilar yetib kelib qutqarguncha o'smir yarim soat muzdek suv qa'rida yotdi. Uni vertolyotda kasalxonaga olib borishdi. Hayoti saqlab qolingandi. Ammo Kakper Krauze komaga tushib qoldi. Vrachlar ikki hafta davomida uni komadan chiqarishga urinishdi. Foydasi bo'lmadi. Onasi farzandining qo'llarini kaftlari orasiga olib u bilan gaplashar, ammo o'smir uyg'onmasdi. Bir mahal hamshira palataga kirib bemorni cho'miltirish zarurligini aytib qoldi. Ona-da, yugurib borib uyidan bolasi yaxshi ko'radigan dezodorantni olib keldi. Tepasiga bir necha marta sepgandi, Kakper Krauzer to'satdan ko'zini ochdi…
Hozir o'smirning ahvoli yaxshilangan. Faqat gapirishga qiynalyapti, o'ng qo'lini qimirlatishda muammo bor. Lekin u vrachlarga aytdiki, endi umrining oxirigacha faqat shu dezodorantdan foydalanarkan.