«Novza» metrosi yaqinidagi yo'l o'tkazgichda beshta avtomobil ishtirokidagi avariya Bunyodkor shoh ko'chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbandliklarga sabab bo'ldi.
Dushanba kuni taxminan 9:00 da Toshkentdagi «Novza» metrosi yaqinida qurilgan yo'l o'tkazgichda sodir bo'lgan yirik YTH Bunyodkor shoh ko'chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbanliklarga sabab bo'ldi.
Hodisa guvohlarining «Gazeta»ga ma'lum qilishicha, «Xalqlar do'stligi» metrosidan Mirzo Ulug'bek metrosi tomonga birinchi harakat yo'lagi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Nexia avtomobili haydovchisi tushishda uzluksiz chiziq orqali ikkinchi yo'lakka o'tib ketadi va Howo yuk mashinasi bilan to'qnashadi. To'qnashuvdan so'ng yengil avtomobil uchinchi polosaga chiqib ketib, yana bir Howo yuk mashinasi bilan to'qnashadi.
Natijada Nexia ajratuvchi to'siq ustidan qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketib, ag'dariladi. Qarshi tomonda uchinchi yo'lakdan kelayotgan Spark haydovchisi to'qnashuvdan qochishga urinib, birinchi yo'lakda harakatlanayotgan Matiz bilan to'qnashadi.
Avariyadan so'ng har ikki tomonda bittadan o'tish yo'lagi ochiq qolishi oqibatida tirbandlik paydo bo'ldi. Haydovchilar YTH joyini aylanib o'tishga harakat qilgani bois yo'l o'tkazgich ostida ham tirbandliklar vujudga keldi.
Avariyaga sababchi bo'lgan Nexia haydovchisi tan jarohatlari olgan, boshqa jabrlanuvchilar yo'q.
2017 yilning kuzida ochilgan yo'l o'tkazgichda birinchi marta YTH sodir bo'layotgani yo'q. Tezlik har ikki tomonda ham soatiga 50 km etib belgilanganiga qaramasdan (tezlik nazoratga olinmagan), bu erda tezlikni oshirish va Yo'l harakati qoidalarining boshqa buzilishi holatlari tez-tez kuzatiladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|