Dushanba, 30.12.2024, 23:51
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 1
Mehmon: 1
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Avgust » 23 » НОМАҲРАМ… (10-қисм)

07:02
НОМАҲРАМ… (10-қисм)
Matnazar erta tongda hech gap bo'lmaganday qimorxonaga keldi-da, o'zini karavotga tashladi. Haqiqatan charchagandi. Yostiqqa bosh qo'yishi bilan ko'zi ilinibdi. Hovlidan kelayotgan ayol kishining ovozi uni uyg'otib yubordi. Ovoz egasi negadir tanishdek tuyulib, ohista derazadan qaradi. Qaradi-yu, tishlari g'ijirlab, ko'zlari qisildi. Hovlida Marhamat turar, Sariboy unga nimalarnidir berilib tushuntirardi.

— Sariboy, ayolga ayt, kirsin! — deya qichqirdi Matnazar derazaning bir qanotini ochib.

Unga ko'zi tushgan Marhamat Sariboyga ham quloq tutib o'tirmay, ichkariga qarab chopdi.

— Xo'sh, nega kelding? — sovuqqonlik bilan so'radi Matnazar qarshisidagi yoshi ancha ulg'aygan, sochlari oqarib ketgan, yuzlarini xiyol ajin bosgan Marhamatga qaramaslikka intilib.

— Sizni qidirib keldim..

— Nimaga? Sen bilan oramiz ochiq edi, shekilli?

— To'g'ri. Men o'shanda ahmoqlik qildim. Tuzlig'ingizga tupurdim. Ammo…

— Nima ammo? Endi-endi afsus cheka boshladingmi?

— O'sha paytdayoq bo'lganimcha bo'lganman, — Marhamat beixtiyor ko'ziga yosh oldi. — Boshimdan qanday kunlar o'tganini bilsangiz edi.

— Seni deb men qanday balolarga giriftor bo'lganimni bilasanmi?

— Bilaman. Oldingizda aybdorman. Kechiring!

— Uzrni mendanmas, Xudodan so'ra! O'g'ling qani?

— O'g'lim… Uni mashina urib ketgan.

— Nima? Qachon? Qanday qilib?

— Mening kasofatimga qoldi. Enangiz rahmatlining yonida bo'sh joy bor ekan. O'sha yerga ko'mganman.

— Enamning yoniga? Nima uchun?

— Hech bo'lmasa, shu bahonada qishlog'ingizga kelib turay, shu bahona siz yurgan yo'llarni ko'ray, deb.

— To'xta, to'xta! — Matnazar shu lahzalarda ilon voqeasini esladi. Ha, xuddi o'sha yerda edi. Hozir o'sha voqeani Marhamatga aytmoqchi bo'ldi. Biroq, aytmadi. Ko'rib turibdi. Qilgan gunohlari evaziga shundoq ham jazosini olibdi.

— Mendan nima istaysan? — so'radi u gapni qisqaroq qilish niyatida. — Biror iltimosing bormidi?

Marhamat Matnazarga tikilib qaradi.

— Siz… Meni yomon ko'rasizmi?

— Nima, yaxshi ko'raymi?

— Axir, siz bilan begona emasmiz!

— Yo'q, begonamiz. Endi ortiq meni bezovta qilma! Tirikchiligingni qil!

— M-men qiynalib ketdim.

— Nimadan qiynalding? Puldanmi?

— Siz… Tushunmaysiz. Baribir tushunmaysiz, — Marhamat shu gaplarni aytib keskin orqasiga burildi-da, yugurganicha tashqariga chiqib ketdi.

 

* * *

 

— Pismiq, hoy Pismiq! — Marhamat chiqib ketishi bilan qichqirdi Matnazar egniga shosha-pisha ko'ylagini ilib.

— Ha, aka, nima gap? — ichkarida ko'z ochib-yumguncha Pismiq hozir bo'ldi.

— Yur, hozir kelib ketgan ayolning orqasidan kuzatib boramiz! Ko'nglim g'ash. Bu ayolda bir gap borga o'xshayapti.

— Mashinani yurg'azaymi?

— Ha, Sarimsoqniyam chaqir, uchchalamiz boramiz!

— Aka, u ayol «Jiguli»da kelgandi, — dedi Sariboy deraza oynasidan boshini ichkariga suqib. — Hozirgina jo'nab ketishdi.

— Haydovchisini tanimadingmi?

— Yo'q, ko'rinishidan bu yerlikka o'xshamadi.

— Bo'pti, sen uydan qimirlama! Biz tez qaytamiz.

Mashina yeldek uchib ketdi. Taxminan o'n chaqirimlar yo'l bosishgach, Sariboy ta'riflagan mashina ko'rindi.

— Ana shu mashina, — dedi Matnazar. — Ko'rdilaringmi, ichkarida faqat o'sha ayol o'tiribdi.

— Kim o'zi bu ayol? — so'radi Pismiq. — Nima maqsadda kepti?

— U ayol bilan o'rtamizda hisob-kitoblarimiz bor. Hozir gap bundayammas. Biz uning orqasidan kuzatib boraveramiz. Qani, qaerda turadi, kim bilan turadi, nima ish qiladi, bilib olamiz.

Shu ko'yi «Jiguli» bilan orqama-orqa boraverishdi. Qishloqlar ortda qoldi. Boshqa viloyat hududiga kirib borishdi. Nihoyat ular kuzatib kelayotgan mashina birinchi qishloq ko'chasi tomon burildi.

— Sekinroq hayda! — tinimsiz Pismiqqa eslatib borardi Matnazar. — Sezib qolishmasin. Ana, birinchi darvozada to'xtashdi. To'xtat mashinani!

Pismiq mashinani yo'l chetiga to'xtatdi. Matnazar esa hamon Marhamatning harakatlarini kuzatish bilan band edi.

Avval u, ketidan haydovchi tushib, ichkariga kirib ketishgach, Matnazar qaytadan mashinani yurg'azishga buyurdi. Ular sekin yurib kelib, o'sha hovli ro'parasida to'xtashdi-da, oldinma-ketin ostona hatlab ichkariga qadam qo'yishdi. Hovli anchayin ko'rimsiz, tor edi. Chapda ikkita xona, o'ngda ham ikkita. Lekin faqat chapdagi xonalardan birigina ochiq turibdi. Matnazar ehtiyotkorlik bilan xona ichiga razm soldi. Chamasi, bu yerda yana qandaydir qizlar borga o'xshab tuyuldi.

— Qani, kiraylik-chi! — sheriklariga qo'li bilan ishora qildi Matnazar. — Menimcha, zo'r yerga kep qoldik!

Uchchovi ham dabdurustdan xona ichiga kirib borishganda, dahshatli manzara namoyon edi. To'rda haydovchi begona bir qizni quchoqlab o'tirar, chapdagi temir karavotda esa Mardon Marhamatni tizzasiga o'tqazib olgancha erkalash bilan ovora edi. Uni ko'rib Matnazarning esxonasi chiqib ketayozdi. Bir muddat kalovlanib nima qilishni bilmay tosh qotib qoldi. Bu orada Marhamat shoshib Mardonning tizzasidan turdi-da, burchakka qisildi. Mardon esa na turishni, na gapirishni bilar, o'tirgan yerida tosh qotgandi.

— Biz bevaqt kep qoldik, shekilli? — Mardondan ko'z uzmay so'z qotdi Matnazar. — Maishatning beliga tepdik-a? Nega jim bo'p qoldilaring? Davom ettiraver maishatingni! Biz tomosha qilamiz!

Shu tobda Mardon beixtiyor o'rnidan turdi-da, orqaga tislanib borib qo'liga deraza tokchasidagi yog' bosgan kapgirni oldi.

— Agar yaqinlashsangiz, o'ldiraman!

— Nima? O'ldirasan? Voy, ko'rnamak-ey! Qaysi gunohim uchun? Sarimsoq, ushlab qo'l-oyog'ini bog'la!

Sarimsoq bir zarb bilan Mardonni yerga qulatdi-da, aytilganidek, qo'l-oyog'ini bog'lab Matnazarning oyoqlari ostiga sudrab keldi.

— Xo'sh, uka, bu yerda nima qilyapsan?

— Men Marhamatni sevaman! — yotgan yerida xirilladi Mardon. — Unga tegishga haqqing yo'q! Sevaman?

Matnazar to'satdan xoxolab kulib yubordi.

— Vey, bu ayolning kimligini bilasanmi? Kimlarning qo'yniga kirgan, xabaring bormi?

— Ishing bo'lmasin! Avval o'zingga boq!

— Voy, iflos, — Matnazar engashib Mardonning tomog'ini changalladi. — Do'konni o'marib ketganing, Botir do'kondorga meni sotganing yetmay, endi xiyonat ham qilib yuribsanmi? Demak, qo'ynimda ilon saqlagan ekanman-da! Yo'q, sendaylarga shafqat yo'q. Avval indamagandim. Endi kechirib bo'pman! Qani, Pismiq, Sarimsoq, hammalarini mashinaga ortinglar! Uyda gaplashamiz!

— Bormasak-chi! — kutilmaganda haydovchi cho'ntagidan pichoq chiqarib Matnazarga o'qtaldi. — Ja o'zingga erk beraverma, xunasa!

— Nima? Xunasa deganday bo'ldingmi? — Matnazar qo'ynidan yashin tezligida to'pponcha chiqardi-da, haydovchining oyog'iga qarab o'q uzdi.

— Ih-h! Yeding-ku! — Haydovchi polga chalqancha qulab tipirchilay boshladi. Oyog'idan otilib chiqqan qon a'zoyi badaniga chaplanib ketdi. To'pponchaga ovoz pasaytirgich o'rnatilgani sababli tashqariga eshitilmasdi. Ana shu harakatgina barchalarining popugini pasaytirdi shekilli, qancha qiynab sudrashmasin, «g'iq» degan tovush chiqara olishmadi.

 

* * *

 

— Xo'sh, bularni nima qilamiz? — barchalarini uy ichkarisiga olib kirib, darvozani mahkamlab kelgach so'radi Pismiq.

— Anovi erkak bilan qizni… Esingdami, ikki paykal naridan anhor oqib o'tgan. Juda ovloq yer?

— Ha, bilaman.

— O'sha yerga oborib tinchitlaring! Lekin bilib qo'y, birorta xitlanib yurmasin! Tinchitgandan keyin anhorga irg'itib yuboraveringlar! Qolganlarini o'zimga qo'yib ber!

Pismiq erkak va qizni mashina yukxonasiga ortib hovlidan chiqib ketgach, Matnazar omborxonaga kirib, chirog'ini yoqdi. Mardon o'zicha tipirchilab qo'l-oyog'i bog'langan arqonni uzishga urinar, Marhamat bo'lsa, indamaygina shiftga termilganicha sukut saqlardi.

— Ha, o'ynashlar, — ikkovini ham ketma-ket oyog'i bilan turtdi Matnazar. — Qara, o'ynashishga juda qulay joy bu yer. Hech kim xalal bermaydi. Chiroqni o'chirsang kifoya. Xo'sh, arqonlarni bo'shataymi, mening oldimda bir o'ynashasizlarmi? Ajabmas, menam sizlardan qanday o'ynashishni o'rganib olsam-a?

Hech qaysisidan sado chiqmagach, Matnazar ukasini kuch bilan tepdi.

— Nega indamaysan? Balki, hali Hamidaning ham qo'yniga kirib chiqqandirsan-a? Gapir! — U Mardonning ko'zlaridan yosh sizib chiqayotganini ko'rib battar tutoqdi: — Ha-a, o'pkalari to'lib ketdimi? Yo vijdonlari qiynalyaptimi? Vey, hali ona suting og'zingdan ketgani yo'q-ku! Kim senga bu ishlarni o'rgatdi o'zi?

— Kechiring, aka! — eshitilar-eshitilmas shivirladi Mardon. — Ahmoqlik qip qo'ydim. Botir amakining gapiga uchib qo'ydim.

— Kimning gapiga? U senga nima dedi?

— Akangni chuv tushirsang, katta pul beraman, degandi.

— Nima? Qayoqdagi sassiq pullarni deb menga xiyonat qildingmi? So'rasang menam berardim o'sha pulni. Demak, kim pul bersa, o'shaning nog'orasiga o'ynayverarkansan-da-a?

— Kechiring, boshqa qilmayman! Sizning yo'rig'ingizdan chiqmayman!

— Yo'q, sen kechiradigan ish qilmading, uka! Mayli, ikkalanggayam tegmayman. To'rt tomoning qibla. Ana shuni kechirganim deb hisoblayver! Ammo yana ikkovingni birga ko'rsam, mendan o'pkalab yurma! Fe'limni bilasanlar!

— Xo'p, aytganingizni qilaman!

Jigarchilik ekan. Matnazar ukasiga tig' ko'tara olmadi. Marhamatga esa… Unga achinardi. Bolasidan judo bo'lgani, buzuqlik yo'liga kirib rasvoi olam bo'lgani uchun ham achinar, uni deb qo'llarini qonga bo'yashni istamasdi. Yuragi qanchalar o'rtanmasin, qanchalar nafrat, alam o'tida yonmasin, ularni ozod qilishga majbur bo'ldi.

 

 

* * *

 

Kechga borib Matnazar ancha toliqdi. Ruhan charchadi. Shu tunda qimor tayin qilib qo'ygan. Buni ham unutib qabriston tomon yo'l oldi. Ana, o'sha tanish qabr. Ustidan bir tup atirgul o'sib chiqibdi.

— «Yo buni kimdir ekib ketganmikan, — o'yladi u atirgulni kaftlari bilan silab, — Yo'-o'q, yaqindagina kelib ketdim. Qabr usti bo'm-bo'sh edi. Urug'i tushgan bo'lsa kerak. Qiziq, kuzdayam atirgul ko'karaversa».

Shu payt Marhamatning gaplari esiga tushib ketdi. «O'g'limniyam enangizning yonlariga dafn qilganman». Shoshib orqasiga o'girildi. Yo alhazar! O'sha ilon-ku! Ne ko'z bilan ko'rsinki, ilgarigi qabr qarshisida o'sha ilon turibdi. Bo'ynini yana tik tutib olibdi. Bu gal Matnazar unchalik cho'chimadi. Qo'li bilan ilonni o'ziga chorladi. Ilon sekin sirg'alib kelib xuddi oldingi safardagi kabi Matnazarning oyoqlari ustiga boshini qo'ydi-da, birpas suykalib turgach, qaytadan joyiga borib turib oldi.

«Bu yerda bir gap bor, — ko'nglidan o'tkazdi Matnazar. — Bu ilon nega qabr oldiga turib oldi? Nimaga menga tashlanish o'rniga oyoqlarimga suykalyapti? Ma'nisi nima? Buni surishtirib ko'rish lozim…»

U tilovat qilib yuzlariga fotiha tortgach, qabriston qorovulining hujrasiga bordi. Hujra qabristonning katta yo'lga yaqinroq yerida edi. Kichkinagina xona. Qorovul o'zi tanigan Mo'ydin bobo. Yoshi yetmishga borgan. Bir umr bola-chaqa qilmay o'tgan. Yoz oylarida qabristonga kelgan ziyoratchilardan sadaqa so'rab kunini ko'radi.

— Hormang, bobo! — ichkariga kirib qariyaga qo'l cho'zdi Matnazar.

— Ie, Matnazarmisan? Qorong'ida nima qilib yuribsan, bolam?

— Enamning boshiga kelgandim. Kirib sizdan hol so'rab o'tay dedim, bobo!

— Yaxshi qipsan. O'zim ham zeriki-ib o'tirgandim. Qani, o'tir-chi, nima gaplar dunyoda?!

— Nima gapligini bilmadim-u, ammo bir jumboqqa tushunolmay turibman-da! Enamning qabri yoniga bir bolakay ko'milgan ekan.

— Ha. To'xta, u ayolga seni uylangan deyishgandi. To'g'rimi?

— Shunaqa desayam bo'ladi. Taqdir, bobo! Besh-o'n kun yashadik. Rasvo ayol ekan.

— Ana endi o'zingga kelding! — soqolini tutamlagan ko'yi Matnazarga qattiqroq tikildi Mo'ydin bobo. — Dong'i ketgan buzuq ekan. Menam keyin eshitdim. Xo'sh, nima muammo?

— Bilasizmi, o'tgan gal kelganimda, o'sha bolaning qabri tepasida bir ilon turgan ekan. Avvaliga qo'rqdim. Bilasiz-ku, rangi sovuq! Qotib tursam, haligi ilon seki-in sudralib keldi-da, oyoqlarimga suykalib-suykalib turib keyin yana joyiga qaytib ketdi. Bugun kelsam, yana o'sha ahvol. Ma'nisini tushunolmadim, bobo.

Mo'ydin bobo bir muddat sukut saqlab turgach, so'z boshladi:

— Bilasanmi, o'sha bolakay buzuq ayolning farzandi. Onasi ko'p erkaklarning sho'rini quritgan. Ilonni Xudo bolakayning qabriga yuborib qo'yibdi. Axir, bilib bo'ladimi, qaysidir bir jabr ko'rgan erkak kelib qabrni buzsa, marhumni bezovta qilsa. Chunki, bola begunoh-da!

— Unda nega kelib oyoqlarimga suykaldi?

— Senam u ayol bilan yashagansan, jabr ko'rgansan. Shuning uchun ilon senga xushomad qilgan. Qabrni buzmang degan ma'noda.

— Ha-a, gap bu yoqda deng? Men bo'lsam, o'sha kundan beri o'ylanib yuribman. Bo'pti, bobo, rahmat, men boray endi!

— Ie, choy-poy ichmaysanmi? O'tirardik gurunglashib.

— Boshqa safar. Qiladigan ishlarim ko'p.

Matnazar qaytishda yaqinroq yo'ldan ketishga qaror qildi. Uyi yonidan o'tsa, Mardonning o'sha yerdaligini bilib tag'in asabiylashib yurishni istamadi. Qimorxonaga yetib kelganda, darvoza oldida Bek akaning mashinasi turardi. Yuragi g'ash tortib hovliga kirdi. Bek aka negadir hovlida tik turgancha, Sarimsoqqa nimalarnidir uqtirardi. Matnazarni ko'rib, o'zi unga peshvoz chiqdi.

— Bandalik, uka, bandalik!

— Nima? Nega unaqa deyapsiz? — hayron bo'ldi Matnazar Bek akaga qo'l cho'zarkan.

— Bardam bo'l! Qizingni Marhamat bo'g'izlab ketibdi.

— Nima? Q-qanaqasiga? Nega?

— O'ch olmoqchi bo'lgan-da, megajin! Faqat… Sen o'zingni bos, uka! Biz uni, albatta, qidirib topamiz. O'zingni bos!

Matnazarning qulog'iga gap kirmasdi. Yuragi bezovta urib, peshanasidan sovuq ter quyilib chiqqandek bo'ldi. Birpas kalovlanib turdi-da, Bek akaning hay-haylashiga qaramay jon holatda hovlida turgan mashinani o't oldirib, qishloq tomon uchirib ketdi.

 

* * *

 

Bek akaning hashamatli hovlisi. Har bir badavlat odamning uyida bo'lgani kabi bu hovlining ham aylana atrofi soqchilar tomonidan qo'riqlanardi.

Darvozadan ichkariga qadam qo'ygan kishining ko'zi, eng avvalo, oynavand uyning old tomoni, o'rtadagi hovuzga taqab qo'yilgan katta bir qafasga tushadi. Bek aka bu qafasda ikkita to'ti asraydi. Bo'sh qolgan paytlarida ana shu to'tilar bilan tillashib vaqt o'tkazadi…

— Bek aka, bir ayol boyadan beri hol-jonimizga qo'ymayapti! — darvozada turgan soqchi yigitlardan biri endigina ichkaridan chiqib qafasga yaqinlashgan Bek akaning qarshisiga kelib ta'zim qildi.

— Kim ekan u? So'ramadingmi?

— So'radim. Lekin kimligini aytmayapti. Akaning o'zlariga aytaman, deyapti.

— Qiziq bo'ldi-ku! Qani, bu yoqqa boshlab kir-chi!

Soqchi yugurgancha ortiga qaytib, birozdan so'ng ayolni ichkariga olib kirdi.

Bek aka unga zimdan razm soldi.

Ko'rinishidan sodda ayolga o'xshamaydi. Ko'zlari chaqnab turibdi. Demak, ko'cha ko'rib qo'ygan. Buni qomati ham ko'rsatib turibdi…

«Qaerda ko'rganman bu ayolni, — o'yladi Bek aka bosh qashib. — Kim o'zi bu? Nega mening oldimga keldi? Agar qachonlardir birga bo'lganlarimdan biri chiqsa, darrov tanirdim… Yo'q, bunisini taniy olmadim…»

— Keling, singlim, — deya boshini ko'tardi Bek aka qarshisidagi begona ayolni boshdan oyoq yana bir karra kuzatib chiqarkan. — Xo'sh, xizmat?

— Meni tanimadingiz-a?

Bu savol Bek akani yanada hushyor torttirdi.

— Yo'q, afsuski, taniyolmay turibman.

— Men… Xizmatingizda yurgan… Matnazarning…

— E, bo'ldi! — kutilmaganda ayolning so'zini bo'ldi Bek aka. — Siz Matnazarning ikkinchi xotini bo'lib ham yurgansiz, to'g'rimi?

— H-ha.

— Ismingiz mabodo Marhamat emasmi?

— Shunday.

Bek aka uning bamaylixotir javob berayotganini ko'rib birdan tutaqib ketdi:

— Sen nega tap tortmasdan mening hovlimga kelding? Shuncha ishni qilib qo'yib, kirib kelasan?! Hamma yerda seni milisa izlab yurgan bo'lsa! Yo o'zim bervoraymi?

Marhamat boshini eggancha ko'z yoshlarini artib ohista pichirladi.

— Men tavba qilib keldim, Bek aka!

— Vey, o'zing kimsan-u, tavbang nima bo'lardi? Begunoh bir qizchada nima o'ching bor edi? To'xta, nahotki, haligacha seni milisa ushlamagan bo'lsa?

— Yo'q. Menga baribir. Ushlasa ushlayversin! Ammo oldin sizga bir gapni aytib qo'ymoqchiman.

— Menga qara, senga o'xshaganlarning safsatasini tinglab o'tirishga sira tobim yo'q. Undan ko'ra, obro'ying borida bu yerdan jo'nab qol! Agar kayfiyatim buzilsa, seni xafa qilib qo'yishim mumkin. Qani, tez chiq!

— Jon aka, gapimni eshiting! Bir og'iz gap aytaman xolos…

— Uf-f! Qanaqangi surbet xotin bu-a?! Ayt tez!

— Iltimos, Matnazar akaga aytib qo'ysangiz, men ukasi Mardonga turmushga chiqdim!

— Nima? Sen-a? Axir, akasiga xotin bo'lib… Yo, alhazar! Vey, sen o'zi sog'misan? Yo bir qaynoving kammi? Yana bu gapni menga aytganingni-chi!.. Xushvaqt!

Bek akaning qichqirig'ini eshitgan darvozadagi soqchilardan biri yugurib hovliga kirdi.

— Labbay, Bek aka!..

— Manovi xotinni kuzatib qo'yinglar! Tezroq!

— Shunchaki kuzatib qo'yaylikmi yo?

— Ha, katta yo'lgacha olib chiqib qo'y!

— Xo'p bo'ladi!

Xushvaqt tushundi. Katta yo'l degani shahardan ancha chekkada. Ovloq, atrofi jiydazorlardan iborat bir joy. U yerga gunohkorlarnigina olib borishadi.

Shuning uchun hech gap bo'lmaganday Marhamatning qo'ltig'idan olib tashqariga boshladi.

 

* * *

 

Odam o'ldirib o'rgangan kimsalar qo'rquvni his qilishmaydi. Yuraklari vahimaga tushmaydi. Bir tuki seskanmaydi.

Bek aka Marhamatni «kuzatib» yuborgach, muzlatkichdan aroq olib endigina piyolani to'ldirib qo'ygandiki, darvozada qolgan ikkinchi soqchi hovliga chopib kirdi.

— Yana nima gap? — o'tirgan yerida so'radi Bek aka.

— Hozirgina qishloqdan qo'ng'iroq qilishdi, — dedi soqchi.

— Qaysi qishloqdan?

— Matnazarning qishlog'idan.

— Nima bo'pti?

— Matnazar qamoqdan qochganmish.

— Nima?! Qachon? — Bek aka bu xabarni kutmaganidanmi, qo'lidagi aroq to'la piyolani bir chetga qo'ydi-da, o'rnidan turdi.

— Qachon qochibdi?

— O'tgan kuni. Hozir… sizni o'ldirish payida yurganmish.

— O'ldirish payida? Nega?

— Bilmadim. Menga shunday deb aytishdi. Shaharda emish o'zi hozir.

— Shunaqa degin?.. — Bek aka bir muddat o'ylanib turdi-da, soqchiga yuzlandi. — Tezda kerakli odamlarga qo'ng'iroq qil! Shaharni titkilab bo'lsayam o'sha yaramasni topishsin-da, qaytadan turmaga tiqishsin! Tez bo'l! Vaqt ketyapti…

Soqchi buyruqni eshitgani hamono yugurganicha tashqariga chiqib ketdi…

(davomi bor)

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ | Ko'rildi: 411 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Avgust 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz