![](/_nw/20/20051164.jpg)
Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Alloh sen uchun yozib qo'ygan narsa hech qachon boshqa odamga ketib qolmaydi!
Alloh boshqa odamga yozib qo'ygan narsa hech qachon senga kelib qolmaydi!
*****
Yoziladigan narsa dunyo va Oxiratda manfaat beradigan bo'lmasa, hech narsa yozmasdan, boshqalar yozgan ma'lumotlarni o'qib chiqqan yaxshi.
*****
Alloh taolodan qo'rqib to'kilgan ko'z yoshi
Dunyo dengizlari jahannam olovining kichik bir cho'g'ini o'chira olmaydi. Lekin Alloh taolodan qo'rqib to'kilgan ozgina ko'z yoshi sizdan jahannam olovini to'sa oladi.
*****
Sha'roviyning duolari
أَللَّهُمَّ إِنَّكَ تَعْلَمُ أَنِّي عَاصِيْكَ وَلَكِنِّي أُحِبُّ مَنْ يُطِيْعُكَ فَاجْعَلْ حُبِّي لِمَنْ أَطَاعَكَ شَفَاعَةً لِي فِي مَعْصِيَتِكَ
"Ey Robbim! Albatta, Sen mening Senga nisbatan gunoh qilganimni bilasan. Lekin men Senga itoat qiladigan kishini yaxshi ko'raman. Senga itoat qiluvchi kishiga bo'lgan muhabbatimni Senga nisbatan qilgan gunohim uchun kafforot, shafoatchi qilgin!”
*****
Baraka – Alloh taolo xohlagan bandasiga ato qiladigan ne'matdir.
Agar baraka molga tushsa, uni ko'paytiradi. Agar baraka farzandga tushsa, uni solih qiladi. Agar baraka vaqtga tushsa, uni obod (foydali) qiladi. Agar baraka qalbga tushsa, uni baxtli qiladi. Ey Alloh, bizni barcha narsada baraka bilan rizqlantir, omin!
*****
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Ufayr nomli hachirga mingashib olgandim…»
Nimaga minganing emas, kimga hamrohliging muhim!
*****
(Ba'zi insonlar bilan bo'layotgan munosabatlarda) to'qnashuvlar yuz bersa mahzun bo'lma. Agar shu to'qnashuvlar, ayrilishlar bo'lmaganida, uzoq muddat aldanib yuraverardik. To'g'ri, ushbu to'qnashuvlar qattiq, shiddatli, lekin aslida rostdir.
Doktor Mustafo Mahmud
*****
Baxtga baxillik qilma
Boshqalarning baxti sening baxtingni kamaytirmaydi.
Boshqalarning boyligi sening rizqingni ozaytirmaydi.
Boshqalarning salomatligi sendan ofiyatni tortib olmaydi.
Pok bo'l! O'zingga ravo ko'rgan narsangni boshqalarga ham ravo ko'r!
"Rovai'ul fikr” sahifasidan
*****
Mol (oltin, kumush, pul) rizqning bir turi. Lekin sog'lik, farzand, taom, baraka degan rizq ham bor. Faqatgina molning o'zi emas, balki, Alloh subhanahu va taoloning har bir ne'mati rizq hisoblanadi.
*****
Do'stlarning eng yaxshisi
Do'stlarning eng yaxshisi – sizni Alloh roziligi uchun yaxshi ko'rgan, sizga Allohni eslatgan, sizni Allohning g'azabidan qo'rqitgan, Allohga yo'liqish haqligini sizga eslatib, solih amallarga qiziqtirib, o'limni yodingizga solib turgan kishidir.
Mana shunday do'st Allohning katta ne'matidir.
Allohni eslash, Allohning g'azabidan qo'rqish, Allohga yo'liqadigan kun uchun tayyorgarlik ko'rish oxirat uchun eng yaxshi ozuqadir.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Gunohni takror qilgan bo'lsang ham tavba qilishdan aslo malollanma!
Har gal kiyiming kir bo'lsa, yuvmasmiding?!
Xuddi shuningdek, har safar gunoh qilganingda, Robbingga istig'for ayt, Undan mag'firat so'ra!
*****
Tushlarni ro'yobga chiqarishning eng afzal vositasi — uyqudan uyg'onishdir!
Pol Valeriy
*****
Ba'zi insonlar bizda tajriba qoldiradilar. Kelgusida ularga o'xshaganlardan chetlanishimizni o'rgatadilar.
«Xovatir roqiya jurnali» Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|