Sobiq sovetlar dohiysi, 1917 yilgi inqilob asoschisi Vladimir Ilich Leninning davrasida bo'lganlar, birga ishlaganlar uning bu qadar aqlliligiga nima sabab bo'lishi mumkinligi bilan qiziqishardi. Ular Leninning miyasi bunchalar aqlli emas, aksincha, miyasining qaysidir burchagiga kuchli aqliy imkoniyatlar beruvchi uskuna o'rnatilgan deb hisoblashardi. Bu fikr esa o'z davrining ko'zga ko'ringan olimlari tarafidan o'rtaga tashlangan. Shu qiziqish Lenin 54 yoshida olamdan o'tgach, yanada kuchaydi. Olimlar, shu fikrga aloqador boshqa shaxslar uning miyasini alohida nazoratdan o'tkazishga ahd qilishdi.
Leninning miyasi va yuragi sug'urib olinib, ilmiy izlanishlar tashkil etiladigan maxsus va maxfiy laboratoriyaga olib kelindi. Haqiqatni anglash uchun Leninning miyasi mayda bo'laklarga bo'linib, mikroskop orqali kuzatish rejalashtirilgandi. Ammo bunday mushkul va murakkab ishga qo'l urishga qodir olim sobiq sovetlar davrida yo'q edi. Shuning uchun germaniyalik nevropatolog olim Oskar Fogt lutfan taklif etildi. Fogt mashhur gipnozchi edi. Psixologiya bo'yicha jurnalni doimiy ravishda chop etar, inson markaziy asab tizimi mavzusida ko'plab ilmiy izlanishlarni olib borgandi.
Leninning o'limidan so'ng bir yil o'tib, aniqrog'i, 1925 yil fevralida Fogt Moskvaga yetib keldi. Dastlab Lenin nomidagi institutda tashkil etilgan tibbiy komissiya majlisida ishtirok etdi. Shunda nemis olimining oldiga aniq vazifani ko'ndalang qo'yishdi. Vladimir Leninning dohiy darajasiga yetishida qanday qudrat yoki uskuna rol o'ynaganini Fogt aniqlab berishi lozim edi. Shubhasiz, bunday murakkab ish nemis olimini ham oldiniga dovdirashga majbur etdi. Nihoyat u javobini aytdi. Aytdiki, Leninning miyasini Germaniyaga olib borish zarur. Chunki Moskvada bu ishni uddalasa bo'ladigan asbob yo'q. Lekin sovetlar uning taklifini rad etishdi. Leninning miyasi sobiq sovetlar chegarasidan chetga chiqmasligini uqtirishdi. Shunday qilib o'sha uskunalarni Germaniyadan Moskvaga olib kelishga kelishishdi.
Ish boshlandi. Fogt Leninning miyasini 31 mingta mayda bo'lakchalarga bo'lgan holda ularning har birini chuqur o'rgana boshladi.
1929 yili Fogt ish oxiriga yetkazilganini ma'lum qildi. Ma'lum bo'lishicha, Lenin miyasining uchinchi qatlamida aqllilik uchun javobgar to'qimalar oddiy odamlarnikidagiga nisbatan juda ko'pchilikni tashkil etgan. Ular oddiy odam miyasidagi to'qimalarga nisbatan bir necha yuz barobar mustahkam va kuchli ekan. Xuddi shu narsa Leninga qo'shimcha va hadsiz aql, boshqacharoq aytganda, daholik baxtini hadya etibdi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|