TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Nargiz Zokirova Maksim Fadeyev bilan shartnomasi bekor qilinganini aytdi
Xonanda Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida o‘z ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeyev va uning MALFA prodyuserlik markazi bilan shartnomasi rasman bekor qilinganini ma’lum qildi.
"Maksim Fadeyev 12-avgust kuni xat olganimdan boshlab bizning shartnomamiz bekor qilingan hisoblanadi. Endi MALFA jamoasi a’zosi emasman. Mening bundan keyingi ijodiy faoliyatim taqdiri ularga bog‘liq emas”, — deydi xonanda.
Nargiz Zokirova bundan keyingi asosiy maqsadi avval rejalashtirilgan shaharlarga gastrol safarlariga borib, muxlislari oldida chiqish qilish ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek, Maksim Fadeyev bilan hamkorlik vaqtida yaratilgan qo‘shiqlar taqdiri hozircha noma’lumligi, chunki mualliflik huquqi Maksimga tegishli ekanligini aytgan.
"Biz Maksim bilan bu masalani muhokama qilish uchun uchrashish imkonini topishga harakat qilishda davom etamiz”, — degan u.