— Xonanda Munisa Rizayeva bir nechta intervyusida kun kelib sizga shogird tushishi va maqom sirlarini o'rganish niyati borligini ta'kidlagan edi. Fursati yetib, Munisa oldingizga kelsa, ustozlik qilishingiz mumkinmi?
— (samimiy kuladi) Munisaxon 6-sinfda o'qiyotgan davrida onalari oldimga olib kelgan. Buni uning o'zi ham yaxshi eslaydi. Volidasi bilan yaqin dugonamiz. O'shanda Munisaxonning ovozini eshitib ko'rganman va «Dugona, qizingizda o'ziga xos ovoz mavjud. Biroq ko'proq Yevropa yo'nalishidagi ijroga moyilligi bor ekan», deya fikr bildirganman. «Mayli, unda sal kattaroq bo'lsin, o'zingizga shogirdlikka beramiz», degandi. Ushbu suhbatimizdan keyin Munisaxon Angliyaga jo'nab ketdi va u yerdagi maktab, kollej hamda universitetlarda o'qidi. Yurtimizga qaytgach, Yevropada olgan bilimlari, izlanishi va tinimsiz harakati bilan ijodini rivojlantirib, hamon tinmay mehnat qilyapti.
Uning o'zi ham bir-ikki marta maqomni o'rganmoqchi ekanini aytgan. Lekin tadbirlar, ijodiy jarayonlar bilan vaqti tig'izligi bois hali oldimga kelgani yo'q. Unga mumtoz qo'shiqlar va maqom sirlaridan saboq berishga hamisha tayyorman. Sevara Nazarxon ham mendan dars olib, milliy yo'nalishda o'nlab qo'shiqlar yaratgan. Insonda xohish va intilish bo'lsa, har narsaning uddasidan chiqishi mumkin. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|