Munisa Rizayeva o’zbek qo’shiqchisi va aktrisasi. Uning musiqa olamiga kirib kelishi oson kechmagan, ko’pgina to’siqlarga duch kelgan. Biroq qat’iyati va maqsad sari intilishlari ushbu to’siq va oilasi tarafidan bo’lgan taqiqlarni yengib o’tishiga yordam bergan.
Munisa Rizayeva 1986 yil 21 oktyabr kuni Toshkentshahrida tug’ildi. Uning bolalaik va o’smirlik chog’lari ham shu shaharda o’tdi.Munisa ahil va farovon oilada katta bo’ldi. Uning otasi Bahodir aka –tadbirkor, onasi Dilorom opa, singillari Kamola va Karima. Opa-singillaryoshliklaridayoq bir-birlari bilan inoq bo’lib kelishgan. Ular hozirda hambir-birlari bilan ahil va sirdosh dugonalar bo’lib qolganlar.
Shu uch opa-singillar orasida faqatgina Munisa qo’shiqchiliknitanladi. U 6 yoshidanoq musiqaga qiziqishini bildirdi, biroq uning ota-onasibuni shunchaki bolalikdagi ishqibozlik, deb qabul qildilar. Qizlariningkelajakda qo’shiqchi bo’lishini va sahnalarga chiqishini ular xohlashmadi,ayniqsa otasi bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Bahodir aka qizlarini hartaraflama ta’minlagan edi, ularni Yevropa oliygohlarida tahsil olishlarinihamda san’atdan uzoqroq bo’lgan kasbni tanlashlarini istar edi.
Munisa otasining gapini ikki qilishni xohlamadi,barcha kuchini o’qishga qaratdi, musiqa bilan shug’ullanishga deyarli vaqti hamqolmadi. Biroq vokaldan bari bir voz kecha olmadi. Maktabni bitirishi bilanoq uotasiga murojaat qilib, musiqa bilan shug’ullanishiga ruhsat berishi so’radi.Biroq Bahodir aka bu haqda eshitishni ham istamadi.
Munisa baribir aytganini qildi. U Angliyaga ketib,Londonning Hames valley university oliygohiga vocal yo’nalishi bo’yicha o’qishgakirdi. U yotoqxonada yashab, qo’shimcha ishga ham joylashib, o’qishining pulinito’lar edi.
Musiqa oliygohini bitirib bo’lgach, u Angliya universitetiningmehmonxona biznesi bo’yicha ikkinchi o’qishga kirdi va bu harakati bilanotasini hursand qildi. Vataniga qatgandan so’ng Munisa otasining yordami bilanmehmonxona ochdi. Keyinchalik esa u shaxsiy modalar agentligini ham ochib, ungao’zining nomini qo’ydi.
Musiqa
Munisaning ijodiy hayoti 2011 yildan boshlandi. Shuyildan boshlab uning ilk qo’shiqlari chiqa boshladi va u mamlakat bo’ylabkontsertlar bera boshladi. Kontsert dasturlari va gastrollar (ijodiy safar)Munisaga daromad keltirmasada, u bu chiqishlaridan zavq olar va rohatlanar edi.
2011 yilda Munisa shuningdek, O’zbekistonning mashhur "PanTerra”ovoz yozish studiyasi bilan hamkorligini boshladi. 2012 yilda uning debyutalbomi chiqdi va muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. 2014 yilda Munisa "Yilningeng yaxshi ayol qo’shiqchisi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi hamda "E’tirof”milliy mukofotini qo’lga kiritdi.
Munisa Rizayeva yakkaxon chiqishlari bilan birga mashhurqo’shiqchilar bilan birgalikda ijro etgan duetlarini ham muxlislariga taqdimetdi. U Rayhon, Shohruhxon, Botir Qodirov, Ulug’bek Rahmatullayev, ShahzodMurodovlar bilan hamda Ummon guruhi bilan duet ijro etgan.
Munisa Rizayeva shuningdek filmlarda ham roller ijroetgan. "Hay, hay qizaloq”, "Salom, Natasha” va boshqalar. Shaxsiy hayoti
Shou biznes vakilasi bo’lgani uchun Munisa Rizayevahamisha muxlislarning diqqat e’tiborida. Uning ko’rinishi, kiyinishi, shaxsiyhayoti muxlislari tomonidan muhokama qilib kelinadi.
Masalan, bir necha yil avval uning qo’shiqchi Jasur G’oyipovbilan munosabatlari ko’pchilikning diqqat markazida bo’ldi. Munisaning o’ziInstagramga joylashtirgan fotosuratlarga qaraganda, ularning munosabatlarijiddiy va to’y bo’lish arafasida edi. Ammo bunday bo’lmadi.
Hozircha Munisa Rizayeva turmushga chiqmagan, biroqijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar va boshqa ma’lumotlarga qaraganda uhozirda yolg’iz ham emas.
Minisa Rizayeva o’z shaxsiy bizbesiga ega bo’lishigaqaramay qo’shiqchilik sohasida ham katta mehnat qilib kelmoqda. Zamonaviyestradada uning o’z o’rni bor. Kelajakda esa uning dunyo miqyosidagi yulduzgaaylanishini istab qolamiz
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|