![](/_nw/17/16861355.jpg)
Ushbu voqea 24 iyun kuni kechasi Jizzax viloyati Dashtobod shahrida sodir bo'ldi. Zomin tuman ichki ishlar bo'limi mayori U.K. o'z boshqaruvidagi "Matiz” avtomobili ruliga mast holda o'tirgandi. Ichkilikning kasri urdi. U qarama-qarshi tarafdan kelayotgan "Neksiya” mashinasi bilan to'qnashib ketdi.
"Neksiya” avtomobilini boshqargan 23 yoshli Olim Abdurahmonovning aytishicha, militsiya mayori shu qadar mast bo'lganki, halokatdan keyin paytga tushgach, tik oyoqda tura olmasdi. Hali DAN xodimlari kelib ulgurmasidan mayorni odamlar uyiga eltib qo'yishdi. Olim Abdurahmonov esa jiddiy jarohatlar bilan Dashtobod shifoxonasiga yotqizildi. O'sha yerda u tergovchilarga bo'lgan voqeani gapirib berdi. Oradan uch soatcha vaqt o'tib tergovchilar mayorning uyiga kelishdi. Maqsad bitta. Avtohalokat sabablarini aniqlash edi. Lekin mayor tergovchilardan qochib, o'zi yashaydigan uyning ikkinchi qavatidan pastga sakradi. Afsuski, niyatiga yeta olmadi. Sakrash jarayonida jiddiy jarohat olibdi. Tergovchilar uni kasalxonaga olib ketishga majbur bo'lishdi.
— Kasalxonamizga Zomin tumanidagi "Oqar” mahallasining uchastka inspektorini olib kelishdi, — deydi kasalxona xodimalaridan biri. — Mayor mast holatda edi. Tekshiruvlar natijasida uning qonida 0,885 promille alkogol borligi aniqlandi. Bu miqdor me'yordan bir necha o'n barobar ko'p demakdir. Shu qadar ko'p ediki, alkotesterimiz hushtak chalib yubordi…
Zomin tuman prokuraturasidagilar ma'lum qilishdiki, ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 266- modda, 2- qismiga asosan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|