Xonanda Manzura marhum ota-onasi bilan so‘nggi marta qilgan sayohatini xotirladi. Xonanda ota-ona insonning eng yaqin do‘sti ekanligini bildirib, so‘nggi paytlarda uning dilini vayron qilayotgan savollar haqida ham gapirdi.
"Ramazon hammamiz uchun kutilgan oy, lekin men uchun aynan shu oy yanada qadrli, aynan shu oyda ota-onam bilan oxirgi marta sayohatga chiqqandim. Ular keksa edi, ob-havo juda isib ketmasidan Antaliyaga yo‘l oldik.
Insonning hayotida, albatta, do‘stlari bo‘ladi, faqat biz buni har doim ham anglamaymiz. Eng yaqin do‘st — bu sening ota-onang. Ular dunyodan o‘tganidan keyin senga hamisha hamroh va do‘sting Alloh.
Har bir ota-ona o‘z farzandining kelajakdagi taqdirini o‘ylab, Allohga omonat qilib, dunyodan o‘tadi. Harakat qiling, imkon qadar ular bilan vaqt o‘tkazishga va yana ularni rozi qilishga.
Ota-ona shunday ne’matki, qanaqa bo‘lishingdan qat’i nazar ular seni yaxshi ko‘raveradi. Boshqalarning gapidan xulosa qilib, sening yaqining bo‘lib, dushmanlik qilmaydi.
‘Nega farzanding yo‘q, nega turmushing yo‘q?’ deb sendan qayta-qayta so‘rab, dilingni vayron qilmaydi. Ota-ona senga Xudodan xotirjamlik, gunohlaringni afv etishini so‘rab, sen uchun jannatlardan qasrlar so‘raydi”, — deb yozadi Manzura.
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|