TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Qarz oldi-berdisi bilan bog'liq munosabatlarning oxiri ba'zida qarzni berishdan bo'yin tovlash bilan yakunlansa, kishi sudga murojaat qilishga majbur bo'larkan. Ayniqsa, bu qarz bu guruh insonlarga tegishli bo'lsa.
Jinoyat ishlari bo'yicha Yangiyo'l tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Maraimovdan 17 nafar fuqarolar foydasiga 307 286 798 so'm yetkazilgan moddiy zararlarni undirish belgilangan.
Byuroning Yangiyo'l tumani bo'limining davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo'lgan "Malibu” rusumli avtotransport vositasi xatlandi va 153 719 568 so'mga baholandi. 17 nafar unduruvchiga mazkur avtotransport vositasini sotib olish taklifi berildi.
Undiruvchilardan biri ushbu taklifga rozi bo'lib, o'zining 60 000 000 so'm zarar qismi hisobiga "Malibu” rusumli avtotransport vositasi sotib oldi va qolgan 93 719 568 so'mni bo'lim depozit raqamiga o'tkazib berdi.
Ushbu mablag'lar O'zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 80-moddasiga asosan qolgan 16 ta unduruvchilarga taqsimlab berildi.