Rasmiylar Anzirat buvi deb yuritilayotgan ayollar guruhi aynan nima ish bilan shug‘ullanishi borasida yakuniy nizom ishlab chiqilmaganini aytishmoqda. Biroq nizom bo‘lmasa ham joylarda 30 nafar "Anzirat buvi"dan iborat ayollar guruhi faoliyatini boshlamoqda.
Bi-bi-si bog‘langan oddiy odamlarning aytishicha, ba’zi joylarda Anzirat buvi guruhlari tashkil qilingan.
"Mahalladagi yoshi kattaroq ayollarni saylashibdi. Nima qilasizlar desam, uylarning atrofidagi tozalikka qaraymiz, janjallashib qolgan oilalarni yarashtiramiz deyishdi. Har shanba kuni majlisga borisharkan", – deydi suhbatdosh.
Mahallalarda ayollardan iborat Anzirat buvi guruhlarini tuzish xabariga ijtimoiy tarmoqdagilar tanqidiy munosabat bildirishdi.
"Mahalla tamom bo‘larkan-de. Faraz qiling: uyizda kechasi yotibsiz. Anzirat buvi bilan Dasayev amaki kirib kelishadi. U-bu ortiqcha gap gapirsa qo‘lidagi hassa bilan uradi. Milliy-feodal-drujinachi bir balo bo‘larkan", – deydi Mirrakhmat Muminov.
Natalee Yusupova "kimdir Bositxonovani to‘xtatsin-yey" deydi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatovaning aytishicha, 30 kishidan tashkil topgan ayollar guruhi ko‘ngilli ravishda ishlaydi va maosh olmaydi.
"Hali bu guruhlar tashkil qilingani yo‘q. Endi shunaqa narsa qilinadi. Men o‘zim to‘rtta viloyatga chiqib keldim". «Facebook»da fikr qoldirganlar Anzirat buvilar shaxsiy hayotga daxl qilishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
"Oldindan aytib qo‘yay, meni oilamdagilarga ma’naviyatizdan dars berishizga qarshiman. Oilamga qanday kiyinish, qanday ro‘mol o‘ramaslikni o‘rgatishga qarshiman. Qachon farzand ko‘rib-ko‘rmaslikni o‘rgatishiga qarshiman. Qaysi kitobni o‘qib-o‘qimaslikni o‘rgatishiga qarshiman", – deydi Sherzod Daliyev.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mukarram Nurmatova ayollar guruhini shaxsiy hayotga aralashish deb hisoblamasligini bildirdi.
"Mahalladagi muammolarni olib chiqib, o‘sha mahallada muhokama qilinadi. Faol ayollardan iborat bo‘ladigan, yoshlari katta, tajribasi bor ayollardan tuzilib, yoshlarni yo‘lga solish, tartibga chaqirish ma’nosida-da bu. Bu bizning mentalitetda bor-ku. Yarashtirish komissiyalari bor. Bu faqat yaxshilikni ko‘zlab qilinayotgan narsa".
Biroq bu kabi majburiy yarashtiruvlar har doim ham ijobiy yakun topmasligi aytiladi. Ayrim hollarda majburiy yarashtirilgan ayollar zulmga chidolmasdan o‘z joniga qasd qilgan holatlar ham uchrab turadi.
Tashqi aralashuv ortidan yarashtirilgan oilalarning qancha foizi yashab ketgani yoki qanchasining taqdiri boshqacha tugagani haqida statistika yo‘q. 11 iyul kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova har bir mahallada qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuzilishi to‘g‘risida gapirdi.
Mahallada jami 30 nafar "Anzirat buvi"dan iborat 5 ta guruh faoliyat olib boradi. Tarkib quyidagilardan iborat bo‘ladi: - Mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassisi (oilaga kirish guruhi). 6 kishi. - Oilaviy shifokor (salomatlik maktabi guruhi). 6 kishi. - Mahalladagi o‘qituvchi (ta’lim-tarbiya guruhi). 6 kishi. - Mahalladagi tadbirkor (bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik guruhi). 6 kishi. - Profilaktika inspektori (jinoyatchilik profilaktikasi guruhi). 6 kishi.
Xabarlarda Bositxonova nima uchun guruhni Anzirat buvi deb nomlagani haqida izoh berilmagan. Lekin qo‘mita raisi g‘oya o‘rtaga tashlashda "Suyunchi" filmidagi Anzirat obrazidan ilhomlangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Anzirat buvi sovet odami bo‘lganiga e’tibor qaratgan. "Anzirat buvi sovet odami bo‘lgani, boylarni quloq qilib, kolxozlashtirishda jonbozlik qilganidan xabarlari yo‘q shekilli opaning", – deydi Ali Ali.
Haqiqiy Anziratlar chiqishiga ishonmayman "Suyunchi" filmida Anzirat buvi obrazi qishloqning vijdoni va rasmiylar e’tiborsiz qoldirayotgan muammolarni jamoatchilik kuchi bilan yechishga harakat qiladigan ayol sifatida tasvirlanadi.
Navoiydan jurnalist va faol Dildora Boymurodova bundan 4-5 yil oldin uni yangi ko‘chib o‘tgan mahalladagi qo‘shnilari hazillashib Anzirat buvi deb chaqirishganini aytadi.
"Mahallada ichimlik suvi, svet, gaz va yo‘l qurilishida muammolar bor edi. Yozaverib, tepaga chiqaverib muammolarni hal qilganimiz uchun meni mahalladoshlarim Anzirat buvi deyishardi", – deydi u.
Jurnalistning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda mahallada Anzirat buvi bo‘lishning iloji bo‘lmayapti. Mutasaddilar muammoni hal qilish o‘rniga uni ko‘tarib chiqqan odamga bosim o‘tkazishayapti.
"Prezident portali boshida biroz ishladi. Hozir tepaga shikoyat bilan chiqsangiz, mutasaddilar 15 kishi bo‘lib kelib o‘zingizni aybdor qilib ketishayapti. Bunday sharoitda Anzirat buvi chiqishiga ishonmayman", – deydi u. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|