TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Kunduzi faralarini yoqmagani uchun jarimaga tortilganlar ishi nima bo'ladi?
Haydovchilarimiz quyidagi 2 xil holatdan birida bo'lishi mumkin:
1) ma'muriy bayonnoma tuzilgan, lekin hali jarima to'lanmagan;
2) tuzilgan ma'muriy bayonnoma asosida jarima allaqachon to'lab qo'yilgan.
Birinchi holatda, hech qanday bahs yoki munozaraga o'rin yo'q, ma'muriy bayonnomalar uni tuzgan organning o'zi tomonidan bekor qilinishi lozim va jarima to'lash shart bo'lmaydi. Agar ichki ishlar organlari ma'muriy bayonnomalarni bekor qilishdan bosh tortsa, unda sudga murojaat qilish va MJtKning 9-moddasini qo'llashni so'rash talab etiladi.
Ikkinchi holat biroz bahsli. Garchi nazariy jihatdan jarimalar qaytarilishi kerak bo'lsa-da, lekin bu unchalik oson bo'lmaydi. Ya'ni jarimalar avtomatik ravishda qaytarilishidan ko'p ham umid qilmaslik kerak, davlat byudjetiga tushgan pul osongina qaytib chiqmaydi. Buning uchun haydovchilar jarima to'langan hududdagi Ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilish lozim bo'ladi. Lekin sudning yugur-yuguri to'langan 101 ming so'mlik jarimaga arzishi yoki arzimasligini ham hisobga olishni maslahat beramiz. Boz ustiga sudda yutib chiqish kafolatlanmaganini unutmang.