Qurol-aslaha do'konida.
— Menga 45 kalibrli to'pponcha bering!
— Xonim, sizga to'pponcha himoyalanish uchun kerakmi?
— Yo'q, himoyalanish uchun men advokat yollayman.
* * *
— Oyi, agar bir soat jim o'tirsam, bitta iltimosimni bajarishga va'da bergandingiz.
— Ha.
— Endi kechgacha baqirsam maylimi?
* * *
— Do'xtir, menga ovqatlanishni ta'qiqlagandingiz, mana, oqibatda shamolladim.
— Qanaqasiga?
— Tuni bilan muzlatkichning eshigini ochib qo'yib ichidagilarga tikilib chiqdim.
* * *
G'oz qahvaxonaga kirib tort va qahva oldi. Stol ustiga qo'yib, qanotlarini chayib kelish uchun tashqariga chiqdi. Qaytib kirsa, qahva yo'q. Ovozining boricha baqirdi:
— Kim mening qahvamni ichdi?
Jimlik.
— Kim mening qahvamni ichdi.
Shunda baland bo'yli yovvoyi cho'chqa o'rnidan turdi.
— Men ichdim. Nimaydi?
— Tortniyam yeb qo'ya qolmabsiz-da, brat!
* * *
Yovvoyi cho'chqani o'rmon tergovchisi etib tayinlashdi. U bir kuni Tulkini kabinetga olib kirib so'roq qila boshladi:
— Ustingdagi kimning yungi?
— O'zimniki.
— Yo'q, o'g'irlagansan, o'g'irlagansan!
Tulki turmaga jo'natildi. Zerikib o'tirsa, kameraga g'oz kirib keldi.
— G'oz, seni nima uchun qamashdi?
— E, yovvoyi cho'chqa: «Har yili qaysi daromad evaziga janubga uchasan?» deyaverib bezor qildi.
* * *
Cho'chqa va g'oz turmada o'tirishardi. G'oz qo'rqa-pisa so'radi:
— Cho'chqa, bu yerda ayovsiz kaltaklashsa kerak-a?
Shu payt kamera eshigi ochilib tuya kirib keldi va cho'chqa dedi:
— Ko'rdingmi, bechora otni qay ahvolga solib qo'yishibdi yaramaslar!?.
* * *
G'oz o'rmonda ketayotgandi, yastanib yotgan bo'rini ko'rib qoldi.
— Ha, bo'rivoy aka, dam olayapsizmi?
— Yo'q, g'oz, qopqonga tushib qoldim.
— Bu kuningdan battar bo'lgin, itvachcha!
* * *
Bo'ri avtobusda chiptachi bo'lib ishlardi. G'ozga yaqin kelib so'radi:
— Chiptangiz bormi?
— Chiptam bormi?
— Sizdan so'rayapman. Chiptangiz bormi?
— Chiptam bormi?
— Nima, jinnimisiz?
— Siz-chi? Do'xtirmisiz?
* * *
Poezd kupesida gruzin qo'shni ayolga savol tashladi:
— Turmushga chiqqanmisiz, xonim?
— Ha.
— Bolalaringiz ham bormi?
— Ha, o'g'lim 23 yoshda.
— Xayrli tun!
* * *
Bir yigit qishloqdan shaharga ko'chib o'tdi va tez orada o'ziga jazman topdi. Ayol o'ninchi qavatda yashardi. Bir kuni gaplashib o'tirishgandi, eshik taqillab qoldi. Ayol:
— Tez shkafga berkining, erim keldi!
Yigit:
— Shkafga berkinib nima qilaman? Tomorqa aylanib qocha qolay! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|