Yangi koronavirus nima?
Yangi koronavirus (CoV) koronavirusning yangi shtammidir.
Xitoyning Uxan shahrida ilk bor aniqlangan yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik 2019 yil koronavirus kasalligi deb nomlandi. Qisqacha COVID-19 nomida "CO" koronani (corona), "VI" virusni (virus), "D" esa kasallikni (disease) anglatadi. Avval ushbu kasallik "2019 yilgi koronavirus" yoki "2019-nCoV" deb nomlangan.
COVID-19 yangi virus bo’lib, kuchli o'tkir respirator sindromni va o'tkir respirator virusli infektsiyaning (O’RVI) ba'zi turlarini keltirib chiqaradigan viruslar oilasiga tegishlidir.
Yangi koronavirus qanday tarqaladi?
Virus havo-tomchi yo’li bilan yo'talish va aks urish paytida to'g'ridan-to'g'ri yuqadi. Shuningdek virus bilan ifloslangan yuzalarga tegish orqali ham yuqishi mumkin. COVID-19 virusi bir necha soat davomida buyumlarning sirtida o’z kuchini saqlab qoladi, biroq oddiy dezinfeksiya vositalari uni o'ldirishi mumkin.
Yangi koronavirusning belgilari qanday?
Yuqori tana harorrati, yo'tal va nafas qisilishikasallik alomatlariga kiradi. Og'irroq holatlarda infeksiya pnevmoniyaga yoki nafas qiyinlanishiga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda kasallik o'limga olib kelishi mumkin.
Ushbu alomatlar gripp yoki ORVIga o'xshashdir, ular COVID-19 ga qaraganda ancha keng tarqalgan. Shuning uchun odam COVID-19 bilan kasallanganini tasdiqlash uchun tibbiy tahlil qilish kerak. Kasallikning oldini oluvchi asosiy profilaktika choralari o'xshash. Buning uchun qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvish lozim. Respirator gigiyenaga rioya qilish muhim - yo'talayotganda egilgan tirsak yoki qog'oz salfetka bilan og'iz va burunni berkiting, so’ng salfetkani yopiladigan axlat idishiga tashlang. Bundan tashqari, grippga qarshi emlash ham foydali.Shubois o'zingiz va bolangizni o'z vaqtida emlatishni unutmang.
Infeksiyani yuqtirimaslik uchun nima qilish zarur?
Infeksiyani yuqtirmaslik uchun siz va oilangiz to’rtta ehtiyot choralarini ko’rishingiz mumkin:
Tarkibida spirt bo’lgan qo'l tozalash vositalari yoki sovun bilan qo'llarni tez-tez yuvib turish. Yo’talish yoki aks urish paytida og'z va burningizni egilgan tirsak yoki qog’oz dastro’mol bilan berkiting, so’ng dstro’molni yopiq axlat idisihga tashlang. Shamollash yoki isitma alomatlari bo’lgan har qanday kishi yaqindan muloqotda bo’lishdan qoching. Agar sizda yoki bolangizda isitma, yo'tal yoki nafas qisilishi bo'lsa, tibbiy yordam uchun imkon qadar ertaroq murojaat qiling.
Tibbiy niqob kiyish kerakmi?
Respirator belgilar, ya’ni yo'talish yoki aks urish holatlarida boshqalarni himoya qilish uchun tibbiy niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Sizda bu alomatlar bo'lmgan holaniqob tutish shart emas.
Niqobdan foydalanishning samarasini ta'minlash va virus yuqtirish yuqori xavfining oldini olish uchun ularni to’g’ri ishlatish, so’ng tegishli ravishda yo'q qilish kerak.
Infeksiyani to'xtatish uchun faqatgina niqobni qo'llash yetarli emas. Shu bois qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvib turish, yo’talganda va aks urganda og'iz va buruninni berkitish hamda O’RVI yoki grippga xos bo'lgan har qanday belgilarga (yo'tal, aks urish, isitma) ega odam bilan yaqin muloqotda bo'lmaslk zarur.
COVID-19 bolalarga yuqadimi?
Bu yangi virusdir va hozircha uning bolalarga yoki homilador ayollarga qanday ta'sir qilishi to'g'risida yetarli ma'lumotga ega emasmiz. Biz har qanday yoshdagi odamlar ushbu infeksiyani yuqtirishi mumkinligini bilamiz. Hozirgi kunga qadar COVID-19 sababli yuz bergan bolala ro’limi holati qayd etilmagan. Kamdan-kam hollarda, asosan surunkali kasalliklari bo’lgan qariyalarda, virus o’limga olib kelishi mumkin.
Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz va yangi ma'lumotlardan sizlarni xabardor qilamiz.
Agar bolamda COVID-19 alomatlari bo'lsa, nima qilishim kerak?
Shifokorga murojaat qiling. Shuni esda tutingki, hozir shimoliy yarim sharda gripp mavsumi bo’lgani uchun COVID-19 belgilari, masalan yo'tal yoki isitma, gripp yoki ORVIholatlarida bo'lishi mumkin .
Doimiy qo'llarni sovun bilan yuvish hamda respirator gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom eting. Bolangizni kasalliklarga qarshi vaqtida emlating. va bolangiz emlanganligiga amin bo’ling - shunda bolangiz boshqa viruslar va bakteriyalardan himoya qilinadi.
O’zingiz yoki farzandingizda gripp kabi boshqa respiratorli infeksiyalarga xosalomatlar bo'lsa, tibbiy yordam uchun inkon qadar ertaroq murojaat qiling. Infeksiya boshqalarga yuqishining oldini olish uchun jamoat joylariga (ishxona, maktab, jamoat transporti) bormaslikka harakat qiling.
Oila a'zolarida virus belgilari paydo bo'lganda nima qilish kerak?
Sizda yoki farzandingizda isitma, yo'tal yoki nafas olish qiyinlashuvi alomatlari paydo bo'lsa, imkon qadar tezroq tibbiy yordam uchun murojaat qilishingiz kerak. Agar koronavirusning yangi holatlari qayd etilgan mintaqaga borgan bo'lsangiz yoki ushbu mintaqalarning biridan kelgan va respirator belgilari mavjud bo'lgan odam bilan yaqin aloqada bo'lgan bo’lsangiz, darhol bu haqda o’z shifokoringizga xabar bering.
Farzandimni maktabdan olib ketishim kerakmi?
Agar farzandingizda kasallik alomatlari bo'lsa, tibbiy yordam uchun murojaat qiling va shifokor ko'rsatmalariga amal qiling. Gripp kabi boshqa nafas olish yo'llari infeksiyalari bo’lganidagi singari, farzandinizda kasallik alomatlari bo’lgan holdad u tegishli ravishda uyda qolishini ta’minlang hamda va infeksiyani boshqa odamlarga yuqmasligining oldini olish uchun jamoat joylariga borishdan saqlaning.
Agar farzandingizda isitma yoki yo'tal kabi alomatlar bo'lmasa, sog'liqni saqlash muassasasining farzandingiz ta’lim olayotgan maktabga tegishli xulosasi yoki boshqa ogohlantirish bo'lmasa, farzandingiz darslarga borgani ma’qul.
Bolalarni maktabdan yubormaslokning tutishning o'rniga ularga qo’llar gigiyenasi va respirator gigiyena qoidalarini o'rgating. Masalan, qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvish, yo'talganda yoki aks urganda tirsak yoki qog'oz salfetka bilan og'iz va burunni berkitish. Ishlatilgan salfetka tezda axlat qutisiga tashlanishi kerak, shuningdek qo'llar to'g'ri yuvilmagunicha ularni ko'zlar, og'iz va burunga tekkizish mumkin emas.
Qanday qilib qo'llarni to'g'ri yuvish kerak?
1-qadam. Qo'lingizni oqayotgan suv bilan namlang.
2-qadam. Nam qo'llarga yetarli miqdorda sovun suring.
3-qadam. Qo'llaringizni bir-biringizga ishqalab, yuzalarini, ichki qismini, barmoqlar orasini va tirnoq ostini kamida 20 soniya davomida ishqalang.
4-qadam. Qo'llaringizni oqayotgan suv ostida yaxshilab yuving.
5-qadam. Qo'llaringizni toza mato yoki bir marta ishlatiladigan sochiq bilan quriting.
Qo'lingizni tez-tez, ayniqsa ovqatlanishdan oldin, burningizni qoqqaningizda, yo'talganda yoki aks urgandan keyin va xojatxonadan keyin yuvib turing.
Sovun va suv bo’lmagan holda, tarkibida kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigidan foydalaning. Qo'llaringiz ifloslangandaularni albatta sovun va suv bilan yuving.
Sayohat paytida oilangiz qanday ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerak?
Chet elga safar qilishni rejalashtirgan har bir kishi, borayotgan mamlakatning unga kirib kelayotganlar uchun qo’ygan har qanday cheklovlar, karantin talablari yoki boshqa tegishli tavsiyalar borasidagieslatma bilan tanishishi kerak.
Safar paytidagi odatiy ehtiyot choralarini ko'rishdan tashqari, karantin yoki o'z davlatingizga qaytib kirisni t’qiqlashning oldini olish uchun Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining veb saytida COVID-19 haqidagi so'nggi ma'lumotlar bilan tanishib borish tavsiya etiladi.
Safar davomida barcha ota-onalar va ularning farzandlari standart gigiyena qoidalariga amal qilishlari kerak: qo'llarini tez-tez yuvib turing yoki kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigni qo'llang, to’g’ri respirator gigiyena qoidalariga rioya qiling (og'iz va burunni egilgan tirsak yoki qog'oz dastro’mol bilanberkitish, yo'talayotganda yoki aks urganda salfetka ishlatib, uni darhol tashlab yuborish, yo'talayotgan yoki aks urayotgan kishi bilan yaqin masofada muloqot qilmaslik). Bundan tashqari, ota-onalarda doim yonlarida antiseptik, bir marta ishlatiladigan salfetkalar va dezinfektsiyalaydigan nam salfetkalar bo'lishi tavsiya etiladi.
Qo'shimcha tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: samolyotga yoki boshqa transport vositasiga chiqqaningizda o'rindiq, uning qo'l qo’yiladigan qismi, sensorli ekran va boshqalarni dezinfeksiyalash vositasi bilan arting. Siz va farzandlaringiz yashaydigan mehmonxonada yoki boshqa joyda foydalaniladigan buyumlarning sirti, eshik tutqichlari, masofadan boshqarish pulti va boshqa jihozlarni tozalash uchun dezinfeksiyalash vositasidan foydalaning.
COVID-19 homilador ayollardan ulaning tug’ilajak bolalariga yuqishi mumkinmi?
Hozirgi vaqtda virus homiladorlik paytida onadan bolaga yuqishi yoki bolaga ta'sirko’rsatishi to’g’risida yetarli dalillar yo’q. Mazkur masala o'rganilmoqda. Homilador ayollar o'zlarini virusning ta'siridan himoya qilish uchun tegishli choralarni ko'rib borishlari , isitma, yo'talish yoki nafas qiyinlashishi kabi alomatlarpaydo bo’lganida imkon qadar tezroq tibbiy yordam uchun murojaat qilishlari kerak.
Agar ona COVID-19 bilan kasallangan bo'lsa, ko’krak suti bilan farzandini emizishi xavfsizmi?
Xavfga moyil va xavf ostida bo'lgan hududlardagi hamda isitma, yo'tal yoki nafas qiyinlashishi kabi alomatlar bo'lgan barcha onalar imkon qadar tezroq tibbiy yordam uchun murojaat qilishlari va shifokor ko'rsatmalariga amal qilishlari kerak.
Ko'krak suti bilan oziqlantirishning foydali tomonlarini va boshqa respirator viruslar ko’krak suti orqali yuqishi ehtimolining juda pastligini e’tiborga olgan holda, onalar emizishni davom ettirishi mumkin.
COVID-19 tasdiqlangan yoki shubha qilingan har qanday kishilarga, jumladan bolalar bilan o'zaro muloqotda bo'lganholatlardagi kabi emizikli onalar uchun ham quyidagilar tavsiya qilinadi: bolaga yaqin bo'lganda va uni emizish vaqtida niqob kiyish , bola bilan muloqot qilishdan avval va keyin, shuningdek uni ovqatlantirganda qo'llarni sovun bilan yuvish va jihozlarning ifloslangan sirtlarini tozalash/ dezinfektsiyalas.
Agar ona jiddiy kasal bo'lsa, yuqorida aytilgan profilaktika usullariga rioya qilgan holda ko’krak sutini sog’b, uni bolaga toza idish va/yoki qoshiqda berish kerak.
Yordam berish uchun UNICEF nima qilmoqda?
UNICEF bu boradagi hozirgi faoliyati asosan Xitoy hukumati va Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning aksariyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. 29 yanvardan beri UNICEF 13 tonna jihozlar, jumladan tibbiyot xodimlari foydalanishi uchun himoya kiyimlari, niqoblar, ko'zoynak va qo'lqoplarni yetkazib berdi. Bularga qo'shimcha ravishda boshqa yuklar ham UNICEF tomonidan muhim joylarda yetkazib berishga tayyorlanmoqda.
Virusning oldindan aytib bo'lmaydigan tabiati va tarqalishining davomiyligini hisobga olgan holda, UNICEF hukumatlar, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda mintaqalarda, ayniqsa sog'liqni saqlash tizimi zaif bo'lgan va kasalliklarning asosiy tarqalishida kurashish imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarda favqulodda vaziyatlardagi harakat rejalarini ishlab chiqmoqda .
17 fevral kuni UNICEF COVID-19 virusi tarqalishining oldini olishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun 42.3 million AQSh dollari miqdorida mablag yigishga chorladi. Dastlabki mablag bolalar, homilador ayollar va ularning oilalari COVID-19 tarqalishining oldini olish va qayerga yordam so'rash uchun murojaat qilishni bilishlari, shuningdek noto’g’ri ma’lumotlar tarqalishiga ti’sqinlik qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarga sarflanadi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot http://hordiq.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|