![](/_nw/23/28645954.jpg)
Savol: Hozirda "Halol” sertifikati ostida kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilyapti. Lekin uyda xo'jayinim halol bo'lsa-da, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilishimizni xohlamaydilar. "Halol-ku, cho'chqa go'shti qo'shilmagan”, desam, "Nima qo'shilganiga aniq ishonching komilmi, shubhali narsani yegandan yemagan ma'qul?!” deydilar. Shu masalada shariat hukmini bilmoqchi edim.
Javob: Shariat shubhali narsalarni tark qilishga chaqiradi. Quyidagi hadis bu haqda yanada ochiqlaydi:
سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ يَقُولُ: «الْحَلَالُ بَيِّنٌ وَالْحَرَامُ بَيِّنٌ، وَبَيْنَهُمَا مُشَبَّهَاتٌ لَا يَعْلَمُهَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، فَمَنِ اتَّقَى الْمُشَبَّهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِيِنِهِ وَعِرْضِهِ، وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ كَرَاعٍ يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى، يُوشِكُ أَنْ يُوَاقِعَهُ. أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى، أَلَا إِنَّ حِمَى اللهِ فِي أَرْضِهِ مَحَارِمُهُ، أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ، وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ. أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ»
Nu'mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida ko'p odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va sha'ni uchun o'zini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qo'riqxona atrofida cho'ponlik qilib, unga o'tib ketay, degan cho'ponga o'xshaydi. Ogoh bo'ling! Albatta, har bir podshohning qo'riqxonasi bordir. Ogoh bo'ling! Allohning yerdagi qo'riqxonasi – harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo'ling! Tanada bir parcha go'sht bor, u sog'lom bo'lsa, butun tana sog'lom bo'ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo'ling! O'sha narsa qalbdir». Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|