Javob: Ro`za tutish Ramazon oyida farz bo`lsa-da, bir necha uzrlar sababli uni keyingi oylarda qazo qilib tutib berish mumkin. Kasallik, homiladorlik, emiziklilik, keksalik, hayz, nifos va safar ana shunday uzrlardandir. Dardining og`irlashishidan yo tuzalishining kechikishidan qo`rqqan kasal Ramazon oyida ro`za tutmay, so`ng qazo qilib tutib berishi joiz. Homilador va emizikli ayollar ham ro`za tutishlarida o`zlariga yo farzandlariga ziyon borligidan xavf etsalar, uni keyinga qoldirishlari mumkin.
Keksalik tufayli ro`za tutishga ojiz chol yo kampir har kuni Ramazon ro`zasi uchun miskinga sadaqai fitr miqdorida fidya berishi lozim. Ammo ular keyinchalik quvvatga kirib ro`za tutishga yarasalar, fidya bergan bo`lsalar-da, qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradilar.
Hayz yo nifosdagi ayol toza bo`lgunicha ro`za tutishi mumkin emas. Toza bo`lganidan so`ng Ramazon oyida qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradi.
Safardagi kishi ro`za tutishda mashaqqat bo`lish va bo`lmasligidan qat`iy nazar ro`za tutmasligi mumkin. Agar safarda ro`za tutmasa, albatta qazosini tutadi.
Qoldirgan ro`zalar qazosi istalsa, ketma-ket yo bo`lib-bo`lib tutib beriladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot Kimlar Ramazon ro`zasini tutmaslik uchun uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar? dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|