2019 yilning olti oyi mobaynida Qirg'izistonda ala qachuu (kelin o'g'irlash) bilan bog'liq 118ta fakt ro'yxatga olindi. Bu haqda kelin o'g'irlash profilaktikasiga bag'ishlab Bishkekda bo'lib o'tgan uchrashuvda IIVning jamoat xavfsizlik xizmati rahbari Ulan Rыsbekov ma'lum qildi.
"2019 yilning olti oyida ala qachuu bilan bog'liq fakt bo'yicha 118 ta jinoiy ish qo'zg'atildi, shundan 94 tasi nikoh bilan bog'liq o'g'irlash bo'lsa, 12 tasi esa nikohga majburlash. Ishlarning ko'pi sudga topshirildi”, – deydi Rыsbekov.
IIV ma'lumotiga ko'ra, kelin o'g'irlash bilan bog'liq hodisalarning ko'pi qishloq joylarda qayd qilingan.
Bishkekda huquq himoyachilari, tarixchilar va davlat idoralarining xodimlari kelin o'g'irlash bilan bog'liq muammoni muhokama qilishmoqda va bu muammoni hal qilish yo'llarini izlashmoqda.
BMTning gender masalalari bo'yicha Hisobotida aytilishicha, Qirg'izistonda oilalarning 20% bevosita ala qachuu tufayli bunyod bo'lgan.
Yangi Jinoiy kodeksda kelin o'g'irlash uchun jazo kuchaytirilgan. Endilikda bu jinoyat uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bundan tashqari voyaga yetmagan qizlarni nikohga majburlaganlar uchun ham 200 ming som miqdorida jarima ko'zda tutilgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|