TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
“Kaptiva” avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilmoqda
2019 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 43 yoshli M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 1 avgust kuni soat 22:00larda birga yashovchi o'g'li 19 yoshli Komilxon Usmonov o'zining davlat raqam belgisi 01 Z 455 RA bo'lgan "Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo'qolganligini ma'lum qilgan.
Hozirda K.Usmonovni qidirib topish choralari ko'rilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O'z o'rnida fuqarolarimizdan K.Usmonov yoki uning boshqaruvidagi "Kaptiva” avtomashinasi haqida biron bir ma'umotga ega bo'lsalar ichki ishlar organlarining hududiy bo'limlariga yoki "102” telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib, xabar berishlarini so'raymiz.
O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi