Erkak kishi uchun yonidagi ayoli jinsiy munosabatlardan qoniqqanini bilish muhim hisoblanadi. Qoniqish o'zi nima?
Sifatsiz jinsiy aloqada erkak faqat o'zini o'ylab faqat o'zining lazzatlanishi bilan kifoyalandi. Lekin jinsiy munosabatlarini yaxshilashga intilgan haqiqiy erkaklar turmush o'rtog'ini ham jinsiy munosabatlaridan mamnun ekanligi haqida qayg''uradi. Ayol ham jinsiy lazzatlanishni bilishi kerak. Aks holda u jinsiy munosabatlarga bir majburiy ish kabi qaraydi. Erini qondirish bilan kifoyalanadi. Aslida esa erkakning jinsiy kuchi nafaqat o'zini qondirishda, balki turmush o'rtog'ini ham lazzatlantira olishidadir. Ayoli qoniqqanini ko'rgan erkakning o'ziga ishonchi oshadi.
Erkak xiyonatining sabablaridan biri - o'z turmush o'rtog'ida jinsiy lazzatlanishni ko'rmaslik. Ular boshqa yengil ayollar bilan birga bo'lib, u ayollarning soxta lazzatlanishidan o'ziga ishonch hosil qilib yuradi. Nega soxta? Chunki palapartish jinsiy aloqalardan ayolga haqiqiy lazzatlanish qiyin. Ayol sherigiga ma'lum bir muddatda o'rganib olgandan so'nggina haqiqiy lazzatlanishni his eta oladi.
Ayolning lazzatlanishi nafaqat erkak kishiga balki ayolning o'ziga ham bog'liq. Ba'zida ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar(homiladorlik, emizish davri) ham to'laqonlik lazzatlanishga yo'l qo'ymaydi.
Jinsiy aloqaga ayol ham sog'inch va xursandchilik bilan qarashi uchun nima qilish kerak?
1. Shoshilmaslik. Turmushning ilk yillarida er-xotin jinsiy aloqadan to'laqonlik lazzatlanishi qiyinroq. Bunga ko'pincha uyalish, tajribasizlik va bir xonadonda katta oila bo'lib yashash to'sqinlik qiladi. Alohida yashaydigan juftliklarda jinsiy munosabatlarini takomillashtirish osonroq kechadi.
2. Ayol charchashi sifatli jinsiy aloqaga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun ayol kun mobaynida nafaqat pol artish, ovqat pishirish, bola ishlari bilan band bo'lishi, balki o'zini ayol ekanligini unutmay, tunga ham kuchi qolishi kerakligini unutmasligi lozim. Baxtli ayolgina baxtli ona bo'la oladi.
3. Ayol o'z tanasini sevishi kerak. Tanasiga nima yoqish yoqmasligini o'rganishi kerak va bu haqda eriga aloqa davomida imlo qilishi darkor.
Jinsiy aloqa haqida er-xotin gaplasha olmasligi - bu muammodir. Er-xotin orasida o'ralgan holda bolsa ham, jinsiy munosabatlar haqidagi suhbat va ochiqlik talab etiladi.
4. Erkak jinsiy aloqani tez yakunlasa, aloqaga qayta kirishgani ma'qul. Toki ayolini shoshmay o'rganib olishi uchun.
5. Erkak turmush o'rtog'i bilangina muntazam ravishda aloqada bo'lishi muhim. Shunda ikki organizm bir-biriga o'rganib, jinsiy munosabatlar takomillashuvi osonroq kechadi. Boshqa ayollar bilan qo'shimcha ravishda jinsiy munosabatlarda bo'lish erkakning jinsiy hissini pasaytriadi va o'z ayolini yaxshi bilish imkoniyati kamayib boradi.
6. "Jinsiy aloqada zo'r bo'lish uchun ko'p ayollarni qo'ldan o'tkazish kerak", degan fikrdan umuman voz kechish lozim. Aynan bir ayol bilan uzoq yillar davomida bo'ladigan jinsiy munosabatlargina harakat qilinsa, keskin yaxshilana oladi va jisniy aloqa tobora sifatliroq bo'ladi.
7. Erkak doim ayoliga nima yoqib yoqmayotganini his etib aloqada bo'lish kerak. Kerak bo'lsa, o'zining yakunlashini ortga qoldirib, ayolini harakatlarini kuzatgan holda aloqani yakunlashi darkor.
8. Ayol aloqadan to'laqonlik lazzatlanishi uchun o'zini tanasini yoqtirishi lozim. Ko'zguga qaraganida o'zini go'zal tomonlarini topib ular bilan fahrlanishi muhim.
9. Er-xotin bir-birini tanasini yoqtirishi kerak. Albatta hamma ham fitnes modeli emas, lekin har bir insonda boshqalarda bo'lmagan yoqimli jihatlari ko'p bo'ladi. Ana o'sha jihatlarni topa bilib, ularni bir-birida ham, o'zida ham seva bilish lozim.
Ayoli semirib, o'ziga qaramay, xunuk ichki kiyimlar kiyib yurishini yoqtirmagan erkak, ayolini ustida ishlashi lozim. O'zbek ayollari juda itoatkor bo'ladi. Eri ozg'in bo'lgin, chiroyli ichki kiyim kiygin, deb buning uchun imkoniyat yaratib bersa, hech bir baxtli bo'laman degan ayol qarshilik ko'rsatmay unga amal qiladi.
10. Ayol jinsiy aloqadan lazzatlanishni uyat deb bilmasligi kerak. Ayol lazzatlanishi yoki qoniqishi unga tibbiy tomondan ham zarur. Qoniqqan ayolda jisniy kasalliklar kamroq uchraydi.
11. Erkak ayoli jinsiy aloqa davomida lazzatlana olishiga fahr bilan qarashi darkor.
Uzbaby.uz foydalanuvchilaridan biri Forumda shunday deb yozgan: "Jinsiy aloqa menga yoqishini sezgan erim, "sen buzuqsan" deb meni koyigan. Shundan so'ng aloqa davomida o'z his-tuyg'ularimni bildirmay qo'yganman". Bunday oilada jisniy munosabatlar hech qachon yaxshilanmaydi. Bu erkak esa ayolini buzuqligidan qo'rqib uni hammadan bekitib, rashq qilib, o'zi buzuq ayollarga nazarini tashlab yashaydi.
12. Ayol aloqa davomida, "qachon yakunlanarkin", "ertaga pomidor yopishim kerak", "ertalab blinchik pishirishim kerak" degan hayollar bilan emas, balki "erim muncha yoqimli", "erim meni sevadi", "men erimni sevaman", "harakatlari ehtirosga boy" kabi o'ylar bilan bo'lishi lozim.
Erkak nechta yoki zo'r ayolni qondirgani bilan maqtanishiga arzimaydi. Chunki unday ayollar soxta qoniqish qanday ekanligini yaxshi bilib, erkakni soxta xursand qilishni biladi. O'z turmush o'rtog'ini qondirib, jinsiy lazzatlantira olgan erkak haqiqattan ichida o'ziga maqtansa arziydi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|