Jennifer Lopes tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor beradi va qomatini saqlash uchun qat’iy parhezga rioya qiladi. Bu haqida xonandaning shaxsiy oshpazi ma’lum qilgan, deb yozadi Woman nashri.
Xonanda ellik yosh bo‘lishiga qaramay, qaddi-qomati va go‘zalligi bilan namuna hisoblanadi. U muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadi va go‘zallik protseduralarini kanda qilmaydi, qat’iy parhezga amal qiladi.
Yulduz shaxsiy oshpazi Kelvin Fernandesning so‘zlariga qaraganda, u faqat muayyan mahsulotlardan tayyorlangan yeguliklarni iste’mol qiladi.
"Avvallari, men qanday qilib nonushtaga sabzavot yeyish mumkin, deb o‘ylardim. Lopes bo‘lsa nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ham sabzavot va tuxum iste’mol qilishi mumkin”, – deydi Kelvin.
Oshpaz bir necha marotaba ratsionga o‘zgartirish kiritishni, mazali va kaloriyasi kam taomlar tayyorlashni istagan, lekin xonanda belgilangan ratsiondan boshqa taom va yeguliklarni yeyishni qat’iy rad qilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, Jennifer hatto shirinlik va tansiq taomlardan ham o‘zini tiyadi.