TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Xisobot
Jami saytda: 109
Mehmon: 109
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019»May»13 » Jasur Umirov 15 kunlik qamoqdan so‘ng: Obro‘yimni ijod va mehnat bilan tiklamoqchiman (video)
18:55
Jasur Umirov 15 kunlik qamoqdan so‘ng: Obro‘yimni ijod va mehnat bilan tiklamoqchiman (video)
O‘zi yoqtirgan qizni unga erga berishmayotgani uchun tanishiga tahdid qilgan va 15 sutkaga qamalgan xonanda Jasur Umirov jurnalist Jasur Hamroyevga intervyu berdi. Xonanda intervyu davomida qamoqdagi 15 kunlik hayoti qanday kechgani, og‘ir damda o‘zida qanday taskin bergani va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi.
"Birinchi kuni qamoqxonada ko‘zimni ochib jinni bo‘lib qolayozdim. ‘Men qayerdaman? Shunday san’atkorni sindirmoqchi bo‘lishdi’, deb o‘ylab chetdan o‘zimga nazar soldim.
‘Jasur sen kuchlisan, hozir mana shu yerda sinsang, keyin o‘zingni o‘nglay olmaysan’, deya o‘zimga dalda berdim.
Ota-onamga qiyinchilik tug‘dirdim, deb o‘yladim. Oldin kimnidir so‘ksa qamab qo‘yishlarini bilmasdim. Bunday harakatlar uchun ham qamalish mumkinligini tushunib yetdim. Men harakatlarimni sevgi uchun kurash deb izohlayman. Qilgan ishimga achindim.
Qamoqda o‘tirib, xalqni, muxlislarimni, so‘ng o‘zimni o‘yladim.
Obro‘yimni ko‘proq ijod bilan, mehnat bilan tiklamoqchiman. Bu narsa odamlarni esidan chiqib ketadi. Bundan battar narsalar ham unutilgan”, — deydi xonanda.
Ustingizdan shikoyat qilgan yigitning o‘rnida siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:
"Men kechiruvchanman. Uni kechirardim. Biz u bilan qo‘shnimiz. Ko‘z-ko‘zga tushadi. Qo‘shnichilik hurmati uchun ham kechirardim. Qamoqda o‘tirgan paytim, chiqsam undan o‘ch olish fikri ham keldi. Lekin o‘ylay-o‘ylay bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l kechirish ekanligini anglab yetdim. U insonlar qasdlashishga arzimaydi”.
"Og‘ir damlarda hech yonimda hech qaysi do‘stlarimni ko‘rmadim. Qamalganimda ularning hammasi yo‘qolib qolishdi. Sana’atkorlar orasida do‘stlarim yo‘q. Ular bilan faqat salom-alik qilamiz”, — deydi xonanda boshiga ish tushganida do‘stlari dalda bergani yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban.
"Bundan keyin umuman ijodni to‘xtatmayman. Hozirda yangi taronalarimga klip olish bilan bandman. Muxlislarimga ketma-ket yangi ijod namunalarini taqdim eta boshlayman”, — deydi Jasur Umirov kelgusidagi rejalari haqida gapirar ekan.