TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Janubiy Koreyaga o'zga sayyoraliklar kemasi tashrif buyurdi… (VIDEO)
Yaqinda ufologlar Janubiy Koreyada yashovchilar suratga olib internetga joylashtirgan videorolik bilan qiziqib qolishdi. Rolikda o'zidan yorqin nurlar taratayotgan ulkan ob'yekt namoyish etilgandi.
Ma'lumotlarga qaraganda, yaqinda Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yashovchi ikki erkak avtomobillar to'xtash joyining shundoq tepasida o'zidan yorqin nurlar taratgancha muallaq turgan o'zga sayyoraliklar fazo kemasini ko'rib qolishdi-yu, darhol suratga olishni boshlashdi. Kema ulardan berkinishga shoshilmas, muallaq turgan ko'yi rang-barang nurlar taratishda davom etardi. Vaholanki, ilgari o'zga sayyoraliklarga tegishli kemalar odamlar ko'rgan zahoti g'oyib bo'lguvchi edi.
Ufologlarning xulosasi shunday bo'ldi. O'zga sayyoraliklarga tegishli bu kema shahar aholisi vakillari bilan aloqaga chiqishni istagan-u, nimadir to'xtatib qolgan. Ayrim odamlar esa boshqacha fikrda. Ularning aytishicha, bu kema atayin odamlarni qo'rqitib, energiyasini so'rib olish niyatida tashrif buyurganmish.