Juma, 05.07.2024, 01:17
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 102
Mehmon: 102
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Avgust » 21 » Islom shiorlari o'yinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo'q

09:11
Islom shiorlari o'yinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo'q
Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg'onishimiz bilan "aqlli” telefonni qo'liga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu – dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o'zini axborot maydoni ichra ko'radi. Kimlardir bu maydonda – tarqatuvchi, kimlardir – oddiy ishtirokchi, kimlardir – o'sha axborotlarning qurboni, kimlardir esa – shunchaki kuzatuvchi…

Afsuski, axborot tarqatish borasidagi mutlaq erkinlik ba'zida tarbiyasizlikka sabab bo'lib qolmoqda. Xususan, so'nggi paytlarda tarqatilayotgan lavhalar orasida haqoratli so'zlar, tuhmatli iboralar, muayyan shaxslarni obro'sizlantirish qasd qilingan tasvirlar ko'payib bormoqda. Eng yomoni, ularning aksariyati bir guruh trollar yoki "feyk”, ya'ni soxta akkauntlar tomonidan uyushtirilmoqda. Bu qilmishlar ortida qanday g'arazlar yotgani jumboq…

Ayniqsa, bunday nomaqbul xatti-harakatlar islomiy qadriyatlar borasida ham uchrayotgani kishini yanada ko'proq tashvishga solmoqda. Qurbon hayiti arafasida ijtimoiy tarmoqlarda qurbonlikka hozirlangan jonliqlarning kelinlik libosida, musiqa sadosi ostida tasvirlangan yoki shunga o'xshash videotasvirlar tarqatildi. Uni hamma ko'rdi. Ammo… "internet ustalari”dan nechovlarining xayoliga qurbonlik ham islom shiorlaridan biri ekani keldi? Illo, ayrim internet foydalanuvchilari qurbonlik ham – islom shiori ekanini bilganlarida edi, balki bunday qilmagan bo'lardilar.

Alloh taolo islom shiorlarini qadrlashga targ'ib qilgan va ularni toptash, masxara qilishdan qattiq qaytargan. Jumladan, Haq taolo Qur'oni karimda bunday deydi: "Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, "Harom oy” (haj oylari)ni halol deb hisoblamangiz… !” (Moida surasi 2 oyat). Yana bir oyati karimada: "(Gap) shudir. Yana kimki Allohning shiorlari (qurbonliklar)ni ulug' deb bilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir” (Haj surasi 32 oyat), – deb xitob qilgan.

Bu haqda keyingi vaqtlarda olimu ziyolilarimiz turli sabablar bilan ko'p va xo'byozishga, Alloh taoloning ushbu amrini bot-bot bizlarga eslatib turishga majbur bo'lyaptilar.

Islom ta'limotiga ko'ra "shior” so'zi "nishon”, "belgi”, "alomat” ma'nolarini bildiradi. Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taoloning dinining ko'zga ko'ringan va shon-shavkatining alomati bo'lgan narsalar shior hisoblanadi.

Masalan, Qur'oni karim, uning tilovati, azon;

Alloh taolo farz qilgan namoz, ro'za, zakot, haj kabi dinimiz ustuni bo'lgan ibodatlar;

shariatimizda ulug'langan zotlar – payg'ambarlar, sahobalar, tobeinlar, avliyolar, ulamolar, ilm ahllari;

Ka'batulloh, Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Mino, Arafot, Quddusi sharif kabi joylar, masjidlar;

Muhim sanalar – juma kuni, Ramazon oyi, muqaddas oylar;

qolaversa, ibodat buyumlari bo'lmish tasbeh, salla va joynamoz va hokazo.

Alloh taolo O'zining kalomi majidi (Haj surasi 36 oyati)da bunday marhamat qiladi: "(Qurbon qilinadigan) tuya va sigirlarni Biz sizlar uchun Allohning shiorlaridan qildik. Sizlar uchun ularda yaxshilik bordir. Bas, ularga (so'yish uchun) saf tortgan hollarida Alloh nomini zikr qilingiz!”.

Ushbu oyati karimada qurbonlikka so'yiladigan hayvonlar ham Allohning shiorlaridan (!) ekani ta'kidlanmoqda. Hamda bularda bizlar uchun yaxshilik borligi eslatilmoqda. Oyatning mazmunidan qurbonlikka atalgan jonivorlarni hurmatlash, avaylash va e'zozlash – Xudodan qo'rqishlik alomatlaridan ekani ayon bo'ladi.

Avvalroq aytganimizdek, so'nggi paytlarda ba'zi insonlarning hayit arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali qurbonlik qilinadigan hayvonlarni rasmlariga ishlov berib, turli masxaraomuz munosabatda bo'lib, bu ishining oqibatini bilmasdan gunoh orttirib olayotgani esa achinarli holat, bilimsizlik, avomlik, boringki, johillik desa ham bo'laveradi.

Alloh taoloning shiorlarini oyoqosti qilish, ulardan birortasini masxara qilish, kamsitish, behurmat qilish, xo'rlash, mensimaslik, xor qilish mo'min kishining kofir bo'lishiga sabab bo'ladi.

Savbon raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shariatning shiorini past sanaganlarni qattiq qoralab bunday deganlar: "Aniq bilamanki, ummatim ichidagi ba'zi kimsalar Qiyomat kunida Tihoma tog'i kabi ulkan hasanotlar bilan oppoq bo'lib kelishadi, lekin Alloh taolo ularning amallarini to'zigan chang kabi qilib qo'yadi”.

Shunda Cavbon raziyallohu anhu: "Yo Raculalloh, bizga ularni cifatlab, ochiq bayon qilib bersangiz, bilmasdan o'shalardan bo'lib qolmaylik!” – dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Ular cizlarning birodarlaringiz, cizlargao'xshagan odamlardir. Ular ham ciz kabi tunlari ibodat qiladi. Lekin ular shunday odamlarki, yolg'iz qolgan vaqtlarida shariatning shiorlarini toptaydilar”, – dedilar (Imom Ibn Moja rivoyatlari).

Dinimiz ulamolari o'zlarining fatvolarida bunday deyishgan: "Kim azonni masxara qilsa yoki Qur'oni karimni yengil sanab oyoq osti qilsa, yoki shar'iy ilmlarni yoxud ulamolarni masxara qilsa, ibodatlarni yengil sanab bajarmasa, yoki masjidni masxara qilsa, kofir bo'ladi” ("G'amzu uyunil basoir sharh ashboh van-nazoir”).

Ota-bobolarimiz Islom odobiga jiddiy e'tibor berganidan xabarimiz bor va ularning odob-axloqi bilan ba'zi-ba'zida maqtanib ham qo'yamiz.

Ota-onalarimiz shariatimizdagi mustahab va odob amallariga ham qattiq e'tiborli bo'lganlar. Ular odoblari go'zalligidan tasbehlari ko'ksilaridan pastga tushmagan. Joynamozlarini ham ehtiyotkorona, oyoq ostida qoldirmasdan, mehr bilan alohida baland joylarga qo'yganlar. Masjid atrofidan mehr bilan ohistalik bilan o'tganlar. Azon aytilayotganda mehr bilan behuda so'z aytmaganlar. Arab yozuvidagi matnlar bitilgan ashyolarni mehr bilan ehtiyotlab saqlaganlar. Nima sababdan? Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga ALOHIDA ODOB bilan muomala qilganlar! Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga O'ZGAChA MEHR bilan munosabat qilganlar! U odob – BETAKROR ODOB!!! U mehr – BEQIYoS MEHR!!!

Imom Abu Dovud Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "O'zi haq bo'lca ham talashib-tortishmagan kishi uchun – jannat chekkarog'idan uy berilishiga, hazillashib bo'lsa-da yolg'on gapirmagan kishi uchun – jannatning o'rtasidan uy berilishiga, xulqini go'zal qilgan kishi uchun esa – jannatning eng yuqori qismidan uy berilishiga men kafilman” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Ming afsuski, hozirgi kunda ba'zilar shunday chiroyli ishlarga, jahon mamlakatlari va o'zga diyorlar ichinda "o'zbek xalqining noyob va go'zal odoblari” deb tan olingan odoblariga bepisand bo'lib, "hech narsa qilmaydi” qabilidagi gaplarni aytib, ota-onalarimiz betakror va beqiyos mehr bilan bajarib kelgan betakror va beqiyos dinimizning betakror va beqiyos odoblarini yo'qqa chiqarishga urinmoqdalar. Vaholanki, shayton musulmon kishining birinchi bo'lib imoniga hujum qilmaydi, balki birinchi bo'lib musulmon kishini mustahab va odob bo'lgan amallarga bee'tibor qilishga urinadi. Agar g'olib chiqsa, dastlab sunnatga, keyin vojibga, so'ng farz amallarga beparvo qarashga urinadi. Agar musulmon kimsani farz amalga ham e'tiborsiz qilishga erishsa, alaloqibat, Alloh saqlasin, imoniga ham hujum qilib, natijada imondan ajratadi!!!

Shunday ekan, har birimiz ota-bobolarimizning yo'nalishlarini mahkam ushlab, barcha mustahab va odob amallarga to'la amal qilish hamda dinimiz shiorlariga odob va axloq bilan muomala qilishimiz – betakror dinimiz talabidir!!!

Demak, yuqoridagi hukmlar jonliqlar bilan bog'liq g'alati holatlarni tarqatayotgan kishilarga saboq bo'lishi kerak. Ular ham islomiy qadriyatlarga putur yetkazish evaziga ko'ngilxushlik ila ommaning e'tiborini jalb qilish og'ir gunoh ekanini anglab yetsinlar.

Yana bir jihat, so'z erkinligi degani – istalgan narsani hech qanday mas'uliyatni his qilmasdan aytish, yozish, tarqatish degani emas. Balki har bir so'z uchun javob bera olish mas'uliyatidir.

Og'ziga kelganni demoq – nodonning ishi,

Oldiga kelganni emoq – xayvonning ishi,

deb bejiz Alisher Navoiy bobomiz yozmagan.

Har bir internet foydalanuvchisi aytayotgan gapi, tarqatayotgan axboroti uchun Alloh taolo oldida ham, mo'min-musulmonlar oldida ham, jamiyat a'zolari va davlat qonunlari oldida ham javobgardir! Bu me'yor dunyoviy qonun-qoidalarda ham, diniy ta'limotimizda ham qat'iy belgilab qo'yilgan!

Bir so'z bilan aytganda, "feyk” akkauntlar yoki trollar yurituvchilari muborak dinimiz sha'niga dog' soluvchi lavhalar, buzg'unchi sharhlar, haqoratli so'zlar, tahqirlashlari uchun ikki dunyoda ham javob beradilar.

Iloho, o'zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham mehribon Parvardigorimiz buyurgan, janob Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o'tmishda o'tganlarimizni ruhlari shod bo'ladigan, xalqimiz xursand bo'ladigan, ota-onalarimiz rozi bo'ladigan yo'llardan yurishimizni nasib etsin!

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR | Ko'rildi: 347 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Avgust 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz